Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/05 00:15 Barselona 3-1 Betis
19/05 00:00 Arsenal 1-0 Byornli
19/05 23:30 Bornmut - Manchester Siti
20/05 00:15 Chelsi - Tottenhem

Messi va uning oilasi Laportadan g‘azabda edi

Messi va uning oilasi Laportadan g‘azabda edi

Baho:
+ | -

Lionel Messi va uning oilasi 2021 yilda futbolchining shartnomasi bilan yuzaga kelgan vaziyat uchun "Barselona" prezidenti Joan Laportdan juda g‘azabda edi.

Eslatib o‘tamiz, o‘shanda futbolchining klub bilan kelishuvi muddati tugagan va rahbariyat uni uzaytirmaslikka qaror qilgandi. Natijada argentinalik futbolchi erkin agent sifatida "PSJ"ga o‘tdi.

"Menga uchinchi shaxslardan ma’lum bo‘lishicha, Leo Messi va uning oilasi prezident Laportadan juda g‘azablangan", - deya "Barselona" vise-prezidenti Jordi Mestrening so‘zlarini keltiradi Diario Sport.

Uning fikricha, Laporta va futbolchi o‘rtasida yuzaga kelgan kelishmovchilikni hal qilib bo‘lmasligi o‘sha vaqtdayoq ma’lum edi.

Parijda o‘ynaganidan so‘ng, Messi hozirgacha o‘ynayotgan "Inter Mayami"ga o‘tdi. Uning amaldagi shartnomasi 2025 yilning 31 dekabriga qadar imzolangan.

Kiritildi: 08:45, 23.10.2025.
O'qildi: 1211 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик