Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/04 19:00 Neftchi 0-1 Paxtakor
09/04 19:00 Buxoro 2-0 Qizilqum
10/04 23:45 Roma - Piza
11/04 00:00 Vest Xem - Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid - Jirona
11/04 16:30 Arsenal - Bornmut
11/04 17:00 Real Sosyedad - Alaves
11/04 18:00 Kalyari - Cremonese
11/04 18:00 Torino - Verona
11/04 19:00 Brentford - Everton
11/04 19:00 Byornli - Brayton
11/04 19:15 Elche - Valensiya
11/04 21:00 Milan - Udineze
11/04 21:30 Liverpul - Fulhem
11/04 21:30 Barselona - Espanyol
11/04 23:45 Atalanta - Yuventus
12/04 00:00 Sevilya - Atletiko

Ivan Boshkovich: «Jizzaxdagi faoliyatim davomida birinchi marta qo‘l ostimdagi jamoa bunday yomon o‘yinni o‘tkazdi»

Ivan Boshkovich: «Jizzaxdagi faoliyatim davomida birinchi marta qo‘l ostimdagi jamoa bunday yomon o‘yinni o‘tkazdi»

Baho:
+ | -

Superliga 26-turidan o‘rin olgan «Buxoro» — «So‘g‘diyona» (2:0) uchrashuvidan so‘ng «So‘g‘diyona» bosh murabbiyi Ivan Boshkovich matbuot anjumanida ishtirok etdi.

— O‘yin haqida fikringiz?

— Juda kuchsiz o‘yin namoyish etdik, ayniqsa birinchi taymda. Havodagi kurashlarda yutqazdik, maydon markazini ham boy berdik. Raqib uzun to‘p uzatishlar orqali uchinchi zonaga tez kirib keldi, biz esa ulgurmay qoldik. Ikkinchi taymda hartugul sifatli futbol namoyish etdik, lekin gol urish uchun yetarli bo‘lmadi. Ammo birinchi taymda himoyadagi o‘yinimiz umuman o‘xshamadi.

— «Buxoro» bilan Kubok o‘yinida ko‘rgandikki, Jasur Jaloliddinov maydonga tushganidan so‘ng jamoangiz o‘yini ancha ochilgandi. O‘shanda «So‘g‘diyona» ikkita gol urgandi. Bugun Jaloliddinov o‘ynamadi. «So‘g‘diyona»ning o‘yini Jasurga bog‘lanib qolganmi?

— O‘tgan gal faqat Doriyev o‘ynayapti deb aytildi, hozir esa faqat Jasur o‘ynaydi deyilyapti. «So‘g‘diyona» jamoaviy o‘yin ko‘rsatadi, biz alohida bitta futbolchiga bog‘lanib qolgan emasmiz. Bugun ko‘p o‘yinchilarimiz maydonda ko‘rinmadi, buni esa tahlil qilib chiqamiz. Jizzaxdagi faoliyatim davomida birinchi marta qo‘l ostimdagi jamoa bunday yomon o‘yinni o‘tkazdi. Buni tahlil qilmasak bo‘lmaydi. Shaxsan men uchun bu alamli mag‘lubiyat. Uch yil ichida eng kuchsiz o‘yinimiz shu bo‘ldi. Raqib jamoani g‘alaba bilan tabriklayman.«Buxoro» har o‘yinni shunday o‘tkazsa, o‘z maydonida istalgan raqibni mag‘lub eta oladi. Biz agressiv futbol ko‘rsatishimiz kerak edi, ammo hech narsa o‘xshamadi.

— Mutaxassis sifatida Kubok finalida qanday natija kutyapsiz?

— Final o‘z nomi bilan final. Bunda saviya jihatdan kuchsiz ko‘ringan jamoa ham yaxshi o‘ynab yutib qo‘yishi mumkin. Chunki final bitta o‘yindan iborat va e’tibor ham shunga yarasha bo‘ladi. «Buxoro» — kurashuvchan jamoa, Kubok finalida ham jiddiy kurashsa kerak. Men omad tilayman.

Manba: https://t.me/pfcsogdianauz
Kiritildi: 22:36, 23.10.2025.
O'qildi: 576 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик