Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/04 18:00 Qo‘qon-1912 1-1 Nasaf
08/04 19:00 OKMK 1-1 Surxon
08/04 20:15 Dinamo 2-1 So‘g‘diyona
08/04 23:59 Barselona 0-2 Atletiko
08/04 23:59 PSJ 2-0 Liverpul
09/04 19:00 Neftchi - Paxtakor
09/04 19:00 Buxoro - Qizilqum
10/04 23:45 Roma - Piza
11/04 00:00 Vest Xem - Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid - Jirona

"Bavariya" Laymer bo‘yicha qaror qabul qildi

"Bavariya" Laymer bo‘yicha qaror qabul qildi

Baho:
+ | -

Myunxenning "Bavariya" klubi himoyachi Konrad Laymer bilan mehnat shartnomasini uzaytirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda jurnalist Kristian Falk xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, tomonlar dastlabki muzokaralarni o‘tkazib bo‘lishgan, ammo hozircha futbolchiga "Bavariya"dan rasmiy taklif bo‘lmagan. Ta’kidlanishicha, tez orada muzokaralar qayta tiklanadi. Kelishuvga shu kalendar yilidayoq erishish mumkin.

2023 yilda "Bavariya" Laymerni erkin agent sifatida o‘z safiga qo‘shib oldi. U joriy mavsum barcha musobaqalarda 12 ta o‘yinda maydonga tushib, bitta gol urdi va beshta golli uzatma muallifiga aylandi.

28 yoshli avstriyalikning "Bavariya" bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning yozida yakuniga yetadi.

Kiritildi: 12:50, 24.10.2025.
O'qildi: 540 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик