Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/09 00:00 Real Sosyedad 0-0 Selta
04/09 18:00 Bunyodkor 0-1 Surxon
04/09 19:00 Navbahor 1-1 Lokomotiv
04/09 19:00 Nasaf 6-2 Neftchi
04/09 20:15 Paxtakor 3-0 Andijon
04/09 23:45 Jenoa 1-4 Komo
05/09 00:00 Betis - Real Madrid
05/09 00:00 Ipsvich 0-2 Liverpul
05/09 16:30 Nyukasl - Bornmut
05/09 18:00 Qo‘qon-1912 - Dinamo
05/09 18:00 So‘g‘diyona - Mash’al
05/09 18:00 Fiorentina - Torino
05/09 19:00 Brentford - Sanderlend
05/09 19:00 Brayton - Lids
05/09 19:00 Fulhem - Kristal Pelas
05/09 19:00 Manchester Siti - Koventri Siti
05/09 19:00 Nottingem Forest - Tottenhem
05/09 19:15 Atletik Bilbao - Atletiko
05/09 20:15 Qizilqum - Buxoro
05/09 21:00 Inter - Napoli
05/09 21:30 Rayo Valyekano - Rasing
05/09 21:30 Xall Siti - Aston Villa
05/09 23:45 Roma - Atalanta
06/09 00:00 Vilyarreal - Deportivo
06/09 18:00 Everton - Man. Yunayted
06/09 18:00 Frozinone - Venetsiya
06/09 18:00 Parma - Monsa
06/09 19:15 Valensiya - Barselona
06/09 20:30 Arsenal - Chelsi
06/09 21:00 Bolonya - Sassuolo
06/09 21:30 Osasuna - Alaves
06/09 21:30 Malaga - Levante
06/09 23:45 Yuventus - Milan
07/09 00:00 Espanyol - Sevilya

Bahrom Haydarov: “Juda og‘ir uchrashuvni o‘tkazdik”

Bahrom Haydarov: “Juda og‘ir uchrashuvni o‘tkazdik”

Baho:
+ | -

O‘zbekiston Superligasining 26-turidan o‘rin olgan «Qo‘qon-1912» – «Navbahor» (2:0) jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvdan keyingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida mezbonlar bosh murabbiyi Bahrom Haydarov ishtirok etib, jurnalistlarning savollariga javob berdi. Odatdagidek, qo‘qonliklar ustozi o‘z so‘zini bellashuv haqidagi fikrlari bilan boshladi.

— O‘yin haqida fikr bildirishdan oldin bugun o‘z kasb bayramlarini nishonlayotgan Respublikamizdagi barcha ichki ishlar xodimlarini jamoamiz nomidan tabriklayman. Futbol uchrashuvlari tinch o‘tayotgani uchun ularga alohida rahmat aytib qolamiz. Endi o‘yinga keladigan bo‘lsak, juda og‘ir uchrashuvni o‘tkazdik. Bahsni yaxshi boshladik, hammasi nazoratimiz ostiga o‘tdi. Raqib ko‘proq qarshi hujumlarga tayanib o‘ynadi. Darvozabonimizga ham rahmat, ikki-uch marta muqarrar goldan qutqardi. Raqib bir kishi kam bo‘lib qolgach, bizning futbolchilar ham bexavotir o‘ynay boshlashdi. Xotirjamlikka berildik. Tabloga qaramasdan, o‘z o‘yinimizni ko‘rsatishga harakat qildik. Ko‘p vaziyatlarga ega bo‘ldik. Agar ertaroq gol urganimizda, balki oson bo‘larmidi? Shunga qaramay g‘alaba qozonganimizdan xursandman va barcha ishqibozlarimizni tabriklayman.

— «Navbahor»ning bitta kam qolishi jamoangiz g‘alabasiga turtki bo‘ldimi?

— Albatta, bu ham ustunlik berdi. Lekin vaziyat har doim har xil bo‘ladi. Bitta kam qolib yutib ketganlarni ham ko‘rganmiz. Shu bois o‘zimizni erkin qo‘yib yuborishimiz kerak emasdi. «Navbahor»da individual kuchli futbolchilar bor, ularning borligi jamoa bir kishi kam o‘ynayotganini umuman bildirmadi.

— Ishqibozlarda Bahrom Haydarov yaxshi o‘ynab turgan futbolchilarni almashtiryapti, degan tasavvur paydo bo‘lgan. Masalan, Asliddin Toshtemirov, Shohruh Gadoyev kabi futbolchilar yaxshi harakat qilishayotgandi...

— Futbolchilar yaxshi o‘ynab turgan bo‘lishi mumkin, chunki muxlis asosan futbolchi to‘pga egalik qilganida uni ko‘rishni boshlaydi. Futbolchi to‘psiz holatda nima qilyapti, bunga ko‘pchilik qaramaydi. Biz murabbiylar esa hammasini nazorat qilib borishga harakat qilamiz. O‘rta chiziqni kuchaytirishni maqsad qildik, shu bois futbolchilarni almashtirdik. Meni xursand qilayotgan tomoni jamoamizda raqobat borligi va hamma futbolchilar birdek o‘ynashga harakat qilmoqda.

— Bugun «Neftchi» yutdi, ertaga «Nasaf» o‘ynaydi. Sizningcha, kim chempion bo‘ladi?

— Har o‘yindan keyin shu savol berilyapti. Ko‘ppchilik «Neftchi»ning taqvimini ko‘rib oson deb o‘ylayapti. Menimcha, unaqa emas. «Nasaf»da ham taqvim oson emas. Yaqqol favorit yo‘q deb o‘ylayman, jamoalarning imkoniyati 50 ga 50. Kurash oxirgi turgacha davom etsa kerak.

«Navbahor» PFK matbuot xizmati.

Manba: @fcnavbahor
Kiritildi: 08:11, 26.10.2025.
O'qildi: 739 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик