Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/04 00:00 Alaves 2-2 Osasuna
06/04 15:30 Udineze 0-0 Komo
06/04 18:00 Lechche 0-3 Atalanta
06/04 21:00 Yuventus 2-0 Jenoa
06/04 23:45 Napoli 1-0 Milan
07/04 00:00 Jirona 1-0 Vilyarreal
07/04 17:00 Lokomotiv 1-1 Xorazm
07/04 18:00 Mash’al 0-1 Bunyodkor
07/04 19:15 Andijon 0-0 Navbahor
07/04 23:59 Real Madrid - Bavariya
07/04 23:59 Sporting - Arsenal
08/04 18:00 Qo‘qon-1912 - Nasaf
08/04 19:00 OKMK - Surxon
08/04 20:15 Dinamo - So‘g‘diyona
08/04 23:59 Barselona - Atletiko
08/04 23:59 PSJ - Liverpul

“Manchester Yunayted” “Sporting” futbolchisi uchun 60 mln yevro to‘lashga tayyor

“Manchester Yunayted” “Sporting” futbolchisi uchun 60 mln yevro to‘lashga tayyor

Baho:
+ | -

“Manchester Yunayted” Lissabonning “Sporting” klubi yarim himoyachisi Morten Yulmannni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Bu haqda TEAMtalk nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, “qizil iblislar” bosh murabbiyi Ruben Amorim ushbu futbolchiga “Sporting”da ustozlik qilgan. Shuning uchun ingliz klubi 26 yoshli daniyalik futbolchini transfer qilish imkoniyatini jiddiy ko‘rib chiqmoqda.

Yulmannning shartnomasida 80 million yevrolik tovon puli belgilangan. Biroq “Manchester Yunayted” Amorimning “Sporting” bilan yaxshi munosabatlaridan foydalanib, bu summani kamaytirishdan umid qilmoqda. “Qizil iblislar” rahbariyati Mortenni 60-65 million yevro atrofidagi summa evaziga sotib olishni mo‘ljallamoqda.

Shuningdek, “Manchester Yunayted” rahbariyati “Kristal Pelas” futbolchisi Adam Uorton, “Brayton” yarim himoyachisi Karlos Baleba,  “Borussiya Dortmund” a’zosi Job Bellingem va “Portu” vakili Viktor Froholdtning o‘yinlarini ham kuzatib bormoqda. Agar muzokaralar ijobiy yakunlansa, mazkur futbolchilar qishki transfer oynasida “qizil iblislar” safiga o‘tishi mumkin

Ma’lumot uchun, Morten Yulmann joriy mavsum “Sporting” safida jami 12 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 1 gol yozdirib qo‘ygan. Transfermarkt portali futbolchining qiymatini 50 million yevroga baholamoqda.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 16:15, 26.10.2025.
O'qildi: 3034 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик