Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/05 00:15 Chelsi 2-1 Tottenhem
22/05 23:45 Fiorentina - Atalanta

«Pari Sen-Jermen» yulduzi «el-klasiko»ni «Santyago Bernabeu»dan kuzatgan (foto)

«Pari Sen-Jermen» yulduzi «el-klasiko»ni «Santyago Bernabeu»dan kuzatgan (foto)

Baho:
+1 | -

Fransiyaning «Pari Sen-Jermen» klubi himoyachisi Ashraf Hakimiy yakshanba kuni Madriddagi «Santyago Bernabeu» stadionida bo‘lib o‘tgan «Real» — «Barselona» uchrashuvini tomosha qildi.

26 yoshli marokashlik futbolchi VIP-lojada o‘yinni kuzatgan va bellashuvdan so‘ng ijtimoiy tarmoqlarda u bilan bog‘liq suratlar tarqaldi.

«El-klasiko»da «Real Madrid» g‘alaba qozondi — uchrashuvdagi gollarini Kilian Mbappe va Jud Bellingem urdi (2:1).

Ashraf Xakimiy — «Real» akademiyasi tarbiyalanuvchisi. U asosiy jamoa tarkibidan mustahkam joy olishga muvaffaq bo‘lmaganidan so‘ng, 2020 yili klubni tark etib, «Inter» safiga yo‘l olgan. 2021 yildan buyon esa u «PSJ» sharafini himoya qilib kelmoqda va o‘tgan mavsumda jamoasi bilan Yevropa Chempionlar ligasi g‘olibi bo‘lgan.

Kiritildi: 13:37, 27.10.2025.
O'qildi: 5363 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик