Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/04 00:00 Vilyarreal 2-1 Selta
27/04 19:00 Mash’al 0-1 Buxoro
27/04 19:00 OKMK 2-1 Lokomotiv
27/04 21:30 Kalyari 3-2 Atalanta
27/04 23:45 Lasio 3-3 Udineze
28/04 00:00 Man. Yunayted 2-1 Brentford
28/04 00:00 Espanyol 0-0 Levante
28/04 19:00 Andijon - Dinamo
28/04 19:00 So‘g‘diyona - Surxon
28/04 20:00 Paxtakor - Nasaf
29/04 19:00 Qizilqum - Xorazm
29/04 19:00 Neftchi - Qo‘qon-1912
29/04 20:00 Bunyodkor - Navbahor

«Real» Vinisiusni «Barselona»ga qarshi o‘yindagi holat uchun jazolamaydi

«Real» Vinisiusni «Barselona»ga qarshi o‘yindagi holat uchun jazolamaydi

Baho:
+ | -

Madridning «Real» klubi La Liganing 10-turida «Barselona»ga qarshi o‘yinda almashinuv vaqtida o‘zini nojoiz tutgani uchun hujumchi Vinisius Juniorni jazolamaslikka qaror qildi.

Uchrashuvning 72-daqiqasida bosh murabbiy Xabi Alonso Vinisiusni maydondan olganidan so‘ng, braziliyalik futbolchi juda g‘azablangan holda to‘g‘ridan-to‘g‘ri kiyinish xonasiga yo‘l olgan va murabbiy bilan qo‘l siqishni rad etgan. U maydonni tark etayotganda o‘zining noroziligini ochiq bildirib, hatto:

«Men jamoadan ketaman. Shunday bo‘lgani yaxshi. Hammasi jonga tegdi», — degan.

Biroq Marca nashri ma’lumotiga ko‘ra, «Real» rahbariyati futbolchiga nisbatan jarima yoki boshqa intizomiy chora ko‘rish niyatida emas. Klubda bu masala jamoa ichida hal etiladigan vaziyat, deb baholanmoqda va bu murabbiy bilan o‘yinchi o‘rtasidagi ichki munosabat sifatida qaralmoqda.

Ma’lum qilinishicha, o‘yindan so‘ng Vinisius va Alonso bir-birini g‘alaba bilan tabriklashgan va insident yopiq, deb hisoblanmoqda.

Shu bilan birga, klub ichida braziliyalik hujumchining almashinuv vaqtidagi xatti-harakatidan mamnun emaslar. «Real»da bu holat nomunosib deb baholandi va Vinisius kelgusida shunday vaziyatlardan to‘g‘ri xulosa chiqarishi kutilmoqda.

Manba: sport24.ru
Kiritildi: 23:11, 27.10.2025.
O'qildi: 1586 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик