Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma - Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche - Komo
27/12 19:00 Torino - Kalyari
27/12 20:00 Arsenal - Brayton
27/12 20:00 Brentford - Bornmut
27/12 20:00 Byornli - Everton
27/12 20:00 Liverpul - Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem - Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo

Endrikning "Real"dagi og‘ir starti

Endrikning "Real"dagi og‘ir starti

Baho:
+ | -

Agar biz futboldagi kambag‘al bola haqida gapiradigan bo‘lsak, unda yosh braziliyalik «Bobbi» Endrik Mixail Mudrik bilan «asosiy qayg‘u» unvoni uchun bahslashishi mumkin. Bu mavsum u hali maydonga tushmadi va atigi 5ta o‘yinda qaydnomaga kiritildi. Mbappe va hatto yosh Garsiyaga ham raqobatda ochiqchasiga yutqazdi.

Aslida u «Real»ga yosh braziliyaliklar uchun odatdagidek, katta shov-shuv bilan keldi. 16 yoshida o‘zi tarbiya topgan «Palmeyras»da o‘ynashni boshladi va «Yangi Pele» laqabini oldi. Tashqi ko‘rinishidan ham, maydondagi harakat uslubidan ham «Futbol qiroli»ga o‘xshaydi. Madrid klubi ham uning potensialiga ishondi va buning uchun ikkilanmasdan 47,5 million yevroning bahridan kechdi.

«Madrid»dagi start ancha kuchli chiqdi. Mediada braziliyalik iqtidor darhol «Galaktikos» ruhiga ega ekanligini aniq ko‘rsatdi: Endrik afsonaviy intervyu berdi, u yerda Ronaldu va Charltonni o‘z kumirlari deb atadi va shu sababli «Bobbi» laqabini oldi. Buning ustiga bir yildan kamroq vaqt davomida uchrashib yurgan modelga uylandi. Tabiiyki, bu voqe’likdan keyin barcha ommaviy axborot vositalarida katta shov-shuvga sababchi bo‘ldi.

Futbol maydonida ham yomon emasdi, La Ligadagi debyut o‘yinida gol urdi. Keyin buni Yevropa Chempionlar ligasidagi debyut o‘yinida ham takrorladi. Bu orqali klublar bosh turnirida «Real»ning eng yosh gol muallifi bo‘ldi. Shu bilan birga, u terma jamoaga muntazam chaqirildi va hatto asosiy tarkibda o‘ynadi. Aniq narsa shundaki, jonli Mbappe bilan «Real»ning asosiga kirish mumkin emas, ammo muxlislar u hech bo‘lmaganda o‘yinlar oxirida o‘z daqiqalarini olishiga ishonishdi.

Boshida shunday bo‘ldi ham, lekin keyin u tarkibda juda kam ko‘rinish bera boshladi. «Bobbi» shunchaki «Real»ning giper-raqobatbardosh hujumida o‘z o‘rniga ega emasdi. U memlar qahramoniga aylandi, ehtimol siz ham uning zaxira o‘rindig‘idagi fotosuratini ko‘rgandirsiz, go‘yo onasi uni jele yeyishga majbur qilayotgandek... O‘tgan mavsumdan uning hisobida jami 900 daqiqa va 7ta gol bor, ammo ulardan 5tasi kubokda. Mart oyidan esa «Bobbi» terma jamoaga ham chaqirililmay qoldi.

May oyida jarohat oldi va 2 oyga ketdi. U tiklanayotgan paytda esa uning hujumdagi raqobatchisi, klub tarbiyalanuvchisi - «Yangi Raul» Garsiya Klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida porladi. Tabiiyki, u Alonsoga yoqdi va Gonsaloni asosiyda qoldirdi. Endrik esa endi unda o‘yin vaqti kam bo‘lishi haqida ogohlantirildi. Ammo braziliyalik iqtidor qolishga va orzular klubida joy olish uchun kurashishga qaror qildi.

Biroq avgustda yana jarohat oldi. Va hozircha «Real»ning yangi «to‘qqizligi» klub rejalariga mutlaqo mos kelmaydi. Albatta, uni xato transfer va yangi Reynyer deb atashga hali erta, u atigi 19 yoshda, Vinisius ham shu darajaga yetguncha uzoq vaqt ishlagan.

Shuni tan olish kerakki, Endrikning Yevropadagi faoliyati boshlanishi juda og‘ir bo‘ldi. Unga faol qiziqayotgan «Marsel»ga ijaraga ketish yosh iqtidor uchun najot yo‘li bo‘lishi mumkin. Ammo u yerda ham asosiy tarkibdan joy kafolatlanmaydi.

M.PO‘LATOV tayyorladi

Manba: Интерфутбол газетаси
Kiritildi: 23:55, 27.10.2025.
O'qildi: 1803 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.