Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/05 00:15 Barselona 3-1 Betis
19/05 00:00 Arsenal - Byornli
19/05 23:30 Bornmut - Manchester Siti
20/05 00:15 Chelsi - Tottenhem

Yurich "Milan" bilan bo‘lajak o‘yin haqida fikr bildirdi

Yurich "Milan" bilan bo‘lajak o‘yin haqida fikr bildirdi

Baho:
+ | -

"Atalanta" bosh murabbiyi Ivan Yurich "Milan"ga qarshi o‘yin oldidan matbuot bilan uchrashdi. Italiya chempionati 9-turidan o‘rin olgan o‘yin 28 oktyabr oqshomida bo‘lib o‘tadi.

So‘nggi o‘yinlarda golli vaziyatlardan yomon foydalangani va duranglar seriyasiga qaramay, Yurich ijobiy kayfiyatda edi.

"Ko‘p narsa yaratdik, ammo golga aylantira olmadik. Jamoa tirik, Lukman to‘liq ishtirok etmoqda, unga faqat yakun yetishmayapti. Har 2-3 kunda o‘ynash qiyin, lekin biz doimiy ravishda vaziyatni tahlil qilib boramiz. "Milan"ni tiyib turish uchun bizga ritm va ixchamlik kerak", - deya murabbiyning so‘zlarini keltiradi Football Italia.

Murabbiy, shuningdek, darvozabon Marko Karnesekki bilan hech qanday kelishmovchiligi yo‘qligini va unga qaratilgan so‘zlar hissiyot bilan aytilganini ta’kidladi.

Kiritildi: 18:11, 28.10.2025.
O'qildi: 612 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик