Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/03 01:00 Bavariya 4-1 Atalanta
19/03 01:00 Liverpul 4-0 Galatasaroy
19/03 01:00 Tottenhem 3-2 Atletiko
19/03 16:00 Andijon 2-0 Mash’al
19/03 18:15 Buxoro 3-1 Dinamo
20/03 16:00 Neftchi - Lokomotiv
20/03 17:00 Nasaf - Surxon
20/03 18:15 So‘g‘diyona - Paxtakor
20/03 22:30 Kalyari - Napoli
21/03 00:45 Jenoa - Udineze
21/03 01:00 Bornmut - Man. Yunayted
21/03 01:00 Vilyarreal - Real Sosyedad
21/03 17:30 Brayton - Liverpul
21/03 18:00 Elche - Malyorka
21/03 19:00 Parma - Cremonese
21/03 20:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
21/03 20:00 Fulhem - Byornli
21/03 20:15 Espanyol - Xetafe
21/03 22:00 Milan - Torino
21/03 22:30 Everton - Chelsi
21/03 22:30 Levante - Real Ovyedo
21/03 22:30 Osasuna - Jirona

O‘zbekiston Kubogi-2025 finali oldidan qiziqarli faktlar

O‘zbekiston Kubogi-2025 finali oldidan qiziqarli faktlar

Baho:
+ | -

"Paxtakor" o‘z tarixida 18-marta O‘zbekiston Kubogi finalida o‘ynaydi.

"Sherlar" kubok finallarida eng ko‘p ishtirok etgan jamoa sanaladi. Andijondagi final "Sherlar" uchun 18-hal qiluvchi bahsga aylanadi. Ulardan 13tasida jamoa kubok sohibiga aylangan. "Bunyodkor" va "Nasaf" 9, "Neftchi" 7 bor finallarda maydonga tushgan. Finalda ketma-ket uchta to‘qnashuv "Paxtakor" va "Bunyodkor" o‘rtasida 2007, 2008 va 2009 yillarda, so‘ng 2018, 2019 va 2020 yillarda "Paxtakor" va OKMK o‘rtasida kuzatilgan. Finallarda eng ko‘p kuzatilgan qarama-qarshilik "Paxtakor" va "Neftchi" o‘rtasida ro‘y bergan. Bu jamoalar jami 5 marta O‘zbekiston Kubogi finallarida bahs olib borishgan. "Paxtakor" - "Bunyodkor", "Paxtakor" - OKMK, "Paxtakor" - "Nasaf" va "Bunyodkor" - "Nasaf" esa uchtadan finallarda ro‘para kelgan.

Ketma-ket finallarda ishtirok etish bo‘yicha rekord "Paxtakor"ga tegishli. Jamoa 2001 yildan 2009 yilgacha 9 finalda qatorasiga maydonga tushgan! Ikkinchi natija "Bunyodkor"ga tegishli bo‘lib, bu klub 2007-10 yillarda qatorasiga 4 finalda o‘ynagan.

Murabbiylar orasida ketma-ket uch finalda jamoasi bilan ishtirok etgan mutaxassislar orasiga Aleksandr Ivankov, Yuriy Sarkisyan, Ravshan Haydarov, Shota Arveladze va Ro‘ziqul Berdiyev kirgan. Eng ko‘p finallarda jamoasi bilan qatnashgan murabbiy Mirjalol Qosimov sanaladi. Qosimov "Bunyodkor" va OKMK klublari bilan 8 finalda ishtirok etgan. Yuriy Sarkisyan "Neftchi" bilan 7 marta final ishtirokchisiga aylangan. Hozirgacha xorijlik mutaxassislardan Leonid Ostroushko, Sergey Butenko, Tachmurod Agamurodov, Ziko, Shota Arveladze va Aleksandr Xomyakov O‘zbekiston Kubogida zafar quchgan.

"Paxtakor" va "Buxoro" finallarda birinchi bor to‘qnash keladigan O‘zbekiston Kubogi-2025 finali 29 oktyabr kuni Andijondagi "Bobur Arena" stadionda soat 18:30da boshlanadi.

Manba: pakhtakor.uz
Kiritildi: 07:15, 29.10.2025.
O'qildi: 1231 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.