Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/04 00:00 Jirona 1-0 Vilyarreal
07/04 17:00 Lokomotiv 1-1 Xorazm
07/04 18:00 Mash’al 0-1 Bunyodkor
07/04 19:15 Andijon 0-1 Navbahor
07/04 23:59 Real Madrid 1-2 Bavariya
07/04 23:59 Sporting 0-1 Arsenal
08/04 18:00 Qo‘qon-1912 - Nasaf
08/04 19:00 OKMK - Surxon
08/04 20:15 Dinamo - So‘g‘diyona
08/04 23:59 Barselona - Atletiko
08/04 23:59 PSJ - Liverpul
09/04 19:00 Neftchi - Paxtakor
09/04 19:00 Buxoro - Qizilqum

Slot "Liverpul"ning yirik mag‘lubiyatiga izoh berdi

Slot "Liverpul"ning yirik mag‘lubiyatiga izoh berdi

Baho:
+ | -

"Kristal Pelas" Angliya liga kubogi doirasida "Enfild"da 3:0 hisobida g‘alaba qozonib, "Liverpul"ning mag‘lubiyatlar seriyasini uzaytirdi.

"Qizillar" uchun bu mag‘lubiyat barcha musobaqalardagi so‘nggi yettita bahsning oltinchisi bo‘ldi. Qayd etish joiz, Arne Slot "burgutlar"ga qarshi o‘yinda asosiy tarkibni tanlamadi.

"Bunday tarkibni tanlash menga to‘g‘ri qaror bo‘lib tuyuldi. Har bir o‘yinda asosiy tarkib futbolchilaridan foydalanishda davom etsak, jarohatlar bilan bog‘liq vaziyatni yanada og‘irlashtirishimiz mumkin. Klubimizni kuzatib borayotgan odamlar bu turnirda yoshlarni o‘ynatayotganimizni juda yaxshi bilishadi.

"Liverpul"da ishlab, natijaga erisha olmaganingda doim bosim seziladi. Bugungi mag‘lubiyat nimanidir o‘zgartirdi deb o‘ylamayman. Muvaffaqiyatsiz seriyamizning ko‘plab sabablari bor, ammo ularning hech biri bizni oqlamaydi", - dedi Slot o‘yindan keyingi intervyusida.

Shanba kuni "Liverpul" APL doirasida "Aston Villa"ga qarshi maydonga tushadi.

Kiritildi: 08:10, 30.10.2025.
O'qildi: 670 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик