Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/03 01:00 Bavariya 4-1 Atalanta
19/03 01:00 Liverpul 4-0 Galatasaroy
19/03 01:00 Tottenhem 3-2 Atletiko
19/03 16:00 Andijon 2-0 Mash’al
19/03 18:15 Buxoro 3-1 Dinamo
20/03 16:00 Neftchi - Lokomotiv
20/03 17:00 Nasaf - Surxon
20/03 18:15 So‘g‘diyona - Paxtakor
20/03 22:30 Kalyari - Napoli
21/03 00:45 Jenoa - Udineze
21/03 01:00 Bornmut - Man. Yunayted
21/03 01:00 Vilyarreal - Real Sosyedad
21/03 17:30 Brayton - Liverpul
21/03 18:00 Elche - Malyorka
21/03 19:00 Parma - Cremonese
21/03 20:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
21/03 20:00 Fulhem - Byornli
21/03 20:15 Espanyol - Xetafe
21/03 22:00 Milan - Torino
21/03 22:30 Everton - Chelsi
21/03 22:30 Levante - Real Ovyedo
21/03 22:30 Osasuna - Jirona

O‘zbekiston futbol assosiasiyasi murabbiylar kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston futbol assosiasiyasi murabbiylar kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Baho:
+ | -

O‘FA rahbariyati terma jamoalar murabbiylari tomonidan amalga oshirilgan ishlar hisoboti, o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlari natijalari hamda keyingi musobaqalarga tayyorgarlik rejalari bilan tanishdi.

Tanqidiy ruhda o‘tgan yig‘ilish davomida har bir yosh toifasidagi murabbiylarga tayyorgarlik jarayonida zamonaviy texnologiyalardan faol foydalanish, murabbiylar shtablarida esa doimiy ravishda tahlilchilar, seleksionerlar va jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha yuqori malakali mutaxassislar faoliyat yuritishi lozimligi ta’kidlandi. Buning uchun murabbiylar ta’limi yo‘nalishini yanada yaxshilash yuzasidan topshiriq berildi.

"O‘smirlar terma jamoalarimiz har yili Osiyo kubogi va Jahon chempionati yo‘llanmalari uchun kurash olib boradi. Ushbu musobaqalarda yuqori saviyada ishtirok etish, avvalgi natijalarni takrorlash va yaxshilash uchun jismoniy tayyorgarlik, ilmiy-tahlil hamda taktik yo‘nalishlarda kuchli murabbiylar zarur. Ayniqsa, bu yoshda ilmiy-tahliliy yondashuv orqali futbolchilarning rivojlanishini o‘rganib borish, tahlil qilish kerak", — dedi Ravshan Irmatov.

Shuningdek, U-15, U-16, U-18 va U-23 terma jamoalarimiz bosh murabbiylari tomonidan o‘tkazilgan yig‘inlar tahlil qilindi. Seleksiya jarayonini yanada kuchaytirish, futbolchilarni jismoniy hamda texnik-taktik jihatdan puxta tayyorlab borish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

Ayollar futbolini rivojlantirishning 2025–2029-yillarga mo‘ljallangan strategiyasi muhokama qilindi. Kichik yoshdagi qizlar terma jamoalari uchun futbolchi yetkazib berish maqsadida qizlar o‘rtasida turnirlarni ko‘paytirish, xalqaro o‘yinlar va festivallar tashkil etish orqali seleksiya jarayonini kuchaytirish vazifasi belgilandi.

Manba: https://t.me/FAUzbekistan
Kiritildi: 14:14, 30.10.2025.
O'qildi: 807 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.