Kirish Ro'yxatdan o'tish

Rasman: Serbiya terma jamoasiga yangi bosh murabbiy tayinlandi

Rasman: Serbiya terma jamoasiga yangi bosh murabbiy tayinlandi

Baho:
+ | -

Velko Paunovich rasman Serbiya terma jamoasining yangi bosh murabbiyiga aylandi. Bu haqda Serbiya futbol ittifoqi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Paunovichning avvalgi ish joyi Ispaniyaning "Real Ovyedo" klubi bo‘lgan. Serbiyalik murabbiy bu klubni uzoq yillar davomida ilk bor Segundadan Primeraga olib chiqdi.

Noyabr oyida Serbiya terma jamoasini jahon chempionati saralashining eng muhim o‘yinlari kutmoqda. Bolqonliklar 13 noyabr kuni inglizlar mehmoni bo‘lsa, 16 noyabr kuni o‘z maydonida latviyaliklar bilan o‘ynaydi. Hozirda serblar saralash guruhida uchinchi o‘rinni egallab turibdi va 10 ochkoga ega.

Avvalroq serblarga Dragan Stoykovich rahbarlik qilgan, u oktyabr oyida albanlardan mag‘lubiyatga uchraganidan keyin ishdan bo‘shatilgandi.

Kiritildi: 17:29, 30.10.2025.
O'qildi: 730 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик