Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/04 19:00 Qizilqum 0-0 Xorazm
29/04 19:00 Neftchi 4-0 Qo‘qon-1912
29/04 20:00 Bunyodkor 2-1 Navbahor
29/04 23:59 Atletiko - Arsenal
01/05 23:45 Piza - Lechche
02/05 00:00 Lids - Byornli
02/05 00:00 Jirona - Malyorka

Superliga. 7 ta gol urilgan dramatik o‘yinda «Sho‘rtan» OKMKni taslim etdi

Superliga. 7 ta gol urilgan dramatik o‘yinda «Sho‘rtan» OKMKni taslim etdi

Baho:
+ | -

G‘uzordagi “Markaziy” stadionida Superliganing 27-turidan o‘rin olgan «Sho‘rtan» — OKMK uchrashuvi dramatik tarzda o‘tdi va so‘nggi daqiqalarda kutilmagan burilishlarga boy bo‘ldi.

O‘yindan oldin “Nasaf” muxlisi Mahmud Muhammadiyev xotirasiga 1 daqiqalik sukut e’lon qilindi. Shundan so‘ng jamoalar uchrashuvni yuqori sur’atda boshlashdi. Ilk daqiqalardanoq mehmonlar faol harakat qildilar — Xurshid G‘iyosov va Oybek Rustamovning zarbalari Eshbo‘tayevni jiddiy sinovdan o‘tkazdi. 39-daqiqada aynan G‘iyosovning zarbasi hisobni ochdi — 0:1.

Tanaffusdan so‘ng esa g‘uzorliklar o‘z o‘yinini topishdi. 50-daqiqada Po‘latxo‘ja Xoldorxonov hisobni tenglashtirdi, ortidan esa uning penaltidan kiritgan goli jamoani oldinga olib chiqdi — 2:1.

70-daqiqada Abubakrrizo Turdialiyev hisobni 3:1 ko‘rinishga keltirdi. Ammo OKMK ham taslim bo‘lmadi. 83-daqiqada zaxiradan tushgan Ali Abdurahmonov hisobni qisqartirdi, 90+4-daqiqada Naoki Senaga tenglashtiruvchi golni urdi — 3:3.

Shunday bo‘lsa-da, “Sho‘rtan” oxirgi so‘zni aytdi. 90+9-daqiqada zaxiradan maydonga tushgan Jasurbek Hakimov jamoadoshidan qaytgan to‘pni darvozaga yo‘llab, g‘alabani ta’minladi — 4:3!

G‘uzorliklar so‘nggi daqiqalardagi irodali o‘yin hisobidan muhim uch ochkoni qo‘lga kiritishdi. Po‘latxo‘ja Xoldorxonov ikki gol bilan jamoasi g‘alabasiga katta hissa qo‘shdi.

«Sho‘rtan» ushbu g‘alaba evaziga o‘z ochkolarini 15 ochkoga yetkazdi. Ammo g‘uzorliklarda Superligada jon saqlab qolish ehtimoli juda past.

Superliga, 27-tur
31 oktyabr 2025 yil
G‘uzor, “Markaziy” stadioni
«Sho‘rtan» — OKMK 4:3
Gollar: 39' — Xurshid G‘iyosov (0:1), 50' — Po‘latxo‘ja Xoldorxonov (1:1), 57' — Po‘latxo‘ja Xoldorxonov (penalti, 2:1), 70' — Abubakrrizo Turdialiyev (3:1), 83' — Ali Abdurahmonov (3:2), 90+4' — Naoki Senaga (3:3), 90+9' — Jasurbek Hakimov (4:3)
Ogohlantirishlar: Nuriddin Hasanov (28'), Aziz Xolmurodov (45')

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 20:49, 31.10.2025.
O'qildi: 1618 marta.
Fikrlar: 10 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик