Kirish Ro'yxatdan o'tish

Agent "Milan"ning Liga 1 to‘purariga qiziqishini tasdiqladi

Agent "Milan"ning Liga 1 to‘purariga qiziqishini tasdiqladi

Baho:
+ | -

"Strasburg" hujumchisi Xoakin Panichelli hamon top-klublar e’tiborida bo‘lib turibdi.

Argentinalik futbolchi mavsumni ajoyib boshladi: u to‘qqizta gol bilan Fransiya chempionati to‘purarlar poygasida peshqadamlik qilmoqda. 23 yoshli futbolchining agenti mijozini "Milan" kuzatib borayotganini tasdiqladi.

"Hozircha hech qanday yangilik yo‘q. So‘nggi haftalarda men bilan hech kim bog‘lanmadi, ammo Panichellining nomi "Milan"ga juda yaxshi ma’lum - klub uni anchadan beri kuzatib kelmoqda," - deya agentning so‘zlarini keltiradi Calciomercato.

Hujumchining transfer narxi Transfermarkt talqiniga ko‘ra 12 mln yevroni tashkil qilmoqda. Joriy yilning iyul oyida "Strasburg" futbolchini Ispaniyaning "Alaves" klubidan 16,5 mln yevroga sotib olgan edi.

Kiritildi: 05:19, 01.11.2025.
O'qildi: 661 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик