Yozgi transfer oynasida "Liverpul"ga o‘tgan fransiyalik hujumchi Ugo Ekitike futbol tarixidagi eng yaxshi forvard kim ekanligini aytdi.
"Bu Karim Benzema. Men uni tarixdagi eng yaxshi hujumchi deb hisoblayman," - deya futbolchining so‘zlarini keltiradi ESPN.
Benzema "Oltin to‘p" sohibi hisoblanadi. Yevropada u Madridning "Real" klubidagi uzoq yillik faoliyati bilan shuhrat qozongan.













