Kirish Ro'yxatdan o'tish

Trent: "Xabi Alonso hozir ham to‘p bilan juda yaxshi harakat qiladi"

Trent: "Xabi Alonso hozir ham to‘p bilan juda yaxshi harakat qiladi"

Baho:
+ | -

Madridning «Real» klubi himoyachisi Trent Aleksandr-Arnold bosh murabbiy Xabi Alonso haqidagi fikrlarini aytdi.

Angliyalik futbolchi o‘tgan yozda «Liverpul»dan «qaymoqranglilar» safiga ko‘chib o‘tgan edi — aynan shu jamoalarda bir vaqtlar Alonso ham to‘p tepgan.

«Bizning birinchi suhbatimizda men Alonsoga shunday dedim: uni va Jerrardni kuzatar ekanman, pas — bu san’at ekanini angladim. Ularning uzatmalarida o‘ziga xos “ovoz” bor edi. Bilmayman, odamlar tushunadi yoki yo‘q, lekin yaxshi pasning ovozi har doim alohida bo‘ladi.

Alonso mening kumirim bo‘lgan. Men unga havas qilardim va uning uzatma berish uslubini takrorlashga urinib kelganman. Hatto hozir ham u mashg‘ulotlarda to‘p bilan ishlaganda, men uning harakatlarini qaytarishga harakat qilaman. U hali ham to‘p bilan juda yaxshi, o‘yinni a’lo darajada his qiladi. Uning intellektual darajasi mashg‘ulotlarda ham yaqqol ko‘rinib turadi», — deya Trentning so‘zlarini keltirgan The Touchline nashri.

Eslatib o‘tamiz, seshanba kuni «Real» Chempionlar ligasi doirasida safarda «Liverpul» bilan «Enfild»da bahs olib boradi.

Kiritildi: 07:47, 03.11.2025.
O'qildi: 765 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик