Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/08 00:00 Barselona 2-0 Atletik Bilbao
28/08 22:00 Rasing 3-2 Elche
28/08 23:45 Milan 2-0 Venetsiya
29/08 00:00 Kristal Pelas 1-4 Manchester Siti
29/08 00:30 Alaves 1-0 Vilyarreal
29/08 16:00 Man. Yunayted - Ipsvich
29/08 16:30 Liverpul - Nottingem Forest
29/08 18:00 Surxon - Guliston
29/08 19:00 Neftchi - Paxtakor
29/08 19:00 Bornmut - Everton
29/08 19:00 Koventri Siti - Xall Siti
29/08 20:00 Levante - Betis
29/08 21:30 Tottenhem - Nyukasl
29/08 21:30 Fiorentina - Frozinone
29/08 21:30 Monsa - Udineze
29/08 21:30 Sassuolo - Torino
29/08 22:00 Real Sosyedad - Espanyol
29/08 23:45 Yuventus - Parma
30/08 00:30 Sevilya - Atletiko
30/08 18:00 So‘g‘diyona - Jayxun
30/08 18:00 Chelsi - Brayton
30/08 18:00 Lids - Brentford
30/08 18:00 Sanderlend - Fulhem
30/08 19:00 Navbahor - Nasaf
30/08 20:00 Real Madrid - Malaga
30/08 21:30 Napoli - Komo
30/08 22:30 Deportivo - Valensiya
30/08 23:45 Kalyari - Inter
30/08 23:45 Lasio - Jenoa

«Nasaf»ning bugungi raqibi Dushan Tadich harakat qilayotgan «Al-Vahda» haqida

«Nasaf»ning bugungi raqibi Dushan Tadich harakat qilayotgan «Al-Vahda» haqida

Baho:
+ | -

3 noyabr kuni "Nasaf" klubi OFK Elit Chempionlar Ligasi musobaqasining 4-tur doirasida Birlashgan Arab Amirliklarining "Al Vahda" jamoasi bilan kuch sinashadi.

Keling, ushbu jamoa haqida biroz to‘xtalamiz.

"Al Vahda" jamoasi 41 yillik tarixga ega bo‘lib, klub 1984 yilda "Abu Dabi SK" va "Al Emireyts" jamoalarining birlashuvidan tashkil topgan.

Jamoaga muxlislar tomonidan "The Maroons" (“to‘q qizillar”) degan laqab berilgan.

"Al Vahda" o‘z uy uchrashuvlarini Abu Dabi shahridagi "Al Nahyon" stadionida o‘tkazadi. Ushbu maydon 15 mingdan ziyod muxlisni sig‘dira oladi.

Jamoa BAA chempionatining 4 karra g‘olibi, 2 karra Prezident kubogi sohibi va 4 karra mamlakat Superkubogi g‘olibi hisoblanadi.

"Al Vahda" shu vaqtgacha Osiyo Futbol Konfederasiyasi tomonidan o‘tkazilgan rasmiy musobaqalarda 81 ta o‘yin o‘tkazgan. Ularning 29 tasida g‘alaba qozongan, 25 tasida mag‘lubiyatga uchragan va 27 bahsda durang qayd etgan.

Jamoani hozirda 60 yoshli angolalik mutaxassis Xose Moraish boshqarmoqda. U o‘z faoliyati davomida "Inter", "Real Madrid", "Chelsi" kabi klublarda ishlagan.

Murabbiy "Chonbuk Motors" jamoasi bilan ikki bor Janubiy Koreya chempioni bo‘lgan, "Al Hilol" bilan Saudiya Arabistoni Professional ligasi g‘olibligini, shuningdek, 2023/24 yilgi mavsumda "Sepaxon" klubi bilan Eron Hazfi kubogini qo‘lga kiritgan.

Jamoa tarkibida hozirda Dushan Tadich, Darko Lazovich, Fakundo Kruspzki, Omar Harbin, Kayo Kanedo va Lukas Pimenta kabi Yevropa hamda Osiyo futbolida nom qozongan futbolchilar to‘p tepmoqda.

Bu klub O‘zbekiston milliy terma jamoasi futbolchilari uchun ham begona emas. Yaqin yillarda "Al Vahda" safida terma jamoamiz a’zosi Hojimat Erkinov faoliyat yuritgan.

Eslatib o‘tamiz, OFK Elit Chempionlar Ligasi 4-turidan o‘rin olgan "Nasaf" – "Al Vahda" uchrashuvi 3 noyabr kuni soat 18:45 da start oladi.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 12:29, 03.11.2025.
O'qildi: 1223 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик