Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/05 00:00 Arsenal 1-0 Byornli
19/05 23:30 Bornmut 1-1 Manchester Siti
20/05 00:15 Chelsi 2-1 Tottenhem

Sancho qishda «Manchester Yunayted»ga qaytadi

Sancho qishda «Manchester Yunayted»ga qaytadi

Baho:
+ | -1

«Aston Villa» kanot hujumchisi Jedon Sancho yanvar oyida «Manchester Yunayted»ga qaytishi kutilmoqda. Bu haqda jurnalist Ekrem Konur xabar berdi.

Manba ma’lumotlariga ko‘ra, bir necha oy avval ijaraga olingan 25 yoshli futbolchining holati va o‘yini «Aston Villa» rahbariyatini qoniqtirmayapti — u jamoa safida faqat bir marta asosiy tarkibda maydonga tushgan.

«Aston Villa» Sanchoni yozgi transfer oynasida «qizil iblislar»dan ijaraga olgan edi. Shundan beri u 6 ta uchrashuvda ishtirok etdi va birorta golda ishtirok etmadi.

Jedon Sanchoning «Manchester Yunayted» bilan amaldagi shartnomasi 2026 yil yozigacha mo‘ljallangan. Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 25 million yevroga baholangan.

Kiritildi: 12:55, 03.11.2025.
O'qildi: 1422 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик