Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/07 20:00 Buxoro - Bunyodkor
21/07 20:00 Paxtakor - Xorazm
21/07 20:00 So‘g‘diyona - Neftchi
22/07 20:00 Mash’al - Nasaf
22/07 20:00 Lokomotiv - Andijon
22/07 20:00 Qo‘qon-1912 - OKMK

"Roma" "MYU" bilan muzokaralarni boshladi

"Roma" "MYU" bilan muzokaralarni boshladi

Baho:
+ | -

«Manchester Yunayted»ning markaziy hujumchisi Joshua Zirkzee qishki transfer oynasida jamoani tark etmoqchi, deb xabar berdi Sky Sports.

Manba ma’lumotlariga ko‘ra, niderlandiyalik forvard berilayotgan o‘yin vaqtidan norozi — u joriy mavsumda hammasi bo‘lib atigi 90 daqiqa maydonda bo‘lgan. Shu sababli Zirkzee o‘z agentiga unga ijaraga ketish imkoni bor jamoani topishni so‘ragan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchiga Italiyadan qiziqish bor — «Roma» allaqachon «qizil iblislar» bilan muzokaralarni boshlagan.

Eslatib o‘tamiz, Zirkzee 2024 yil yozida «Manchester Yunayted» safiga qo‘shilgan. U shu vaqt mobaynida klub safida 54 ta o‘yin o‘tkazib, 7 ta gol va 3 ta golli uzatma qayd etgan.

Kiritildi: 16:23, 03.11.2025.
O'qildi: 1549 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик