Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston 0-0 Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted 2-0 Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid 2-0 Levante
17/01 19:00 Udineze 0-1 Inter
17/01 20:00 Chelsi 2-0 Brentford
17/01 20:00 Lids 1-0 Fulhem
17/01 20:00 Liverpul 1-1 Byornli
17/01 20:00 Sanderlend 2-1 Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem 1-2 Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka 3-2 Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya 1-2 Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

FIDE reytingi yangilandi. Abdusattorov o‘z o‘rnida, Sindorov pastladi. Nodirbek Yakubboyev esa ko‘tarilmoqda

FIDE reytingi yangilandi. Abdusattorov o‘z o‘rnida, Sindorov pastladi. Nodirbek Yakubboyev esa ko‘tarilmoqda

Baho:
+ | -

Jahon shaxmat federasiyasi (FIDE) oktyabr oyi yakuni bo‘yicha yangilangan reytingni e’lon qildi. Kuchli 100 talik ro‘yxatda O‘zbekistondan 5 nafar grossmeyster o‘rin oldi.

Reytingda norvegiyalik Magnus Karlsen 2839 ochko bilan yetakchilikni saqlab qoldi. Uning natijasi o‘zgarmagan bo‘lsa-da, birinchi o‘rinni boy bermadi. Ikkinchi pog‘onadan amerikalik Hikaru Nakamura joy oldi (2813). Kuchli uchlikni esa yana bir AQSH vakili Fabiano Karuana (2795) yakunladi. O‘tgan oyga nisbatan Nakamuraning ochkolari 3 ballga kamaygan bo‘lsa, Karuana o‘z hisobiga 6 ball qo‘shib qo‘ygan. Lekin o‘tgan oyga nisbatan kuchli uchlikda hech qanday o‘zgarish kuzatilmadi.

O‘zbekistonlik shaxmatchilar qanday o‘rinlarni egallagan?

Nodirbek Abdusattorov hamon O‘zbekistonning birinchi raqamli shaxmatchisi bo‘lib turibdi. Hozirda uning hisobida 2750 ochko bor. Abdusattorov hozirda FIDE reytingida 12-pog‘onani egallab turibdi. O‘tgan oyga taqqoslasak, Nodirbekning ochkolari ham, reytingdagi o‘rni ham o‘zgarishsiz qoldi.

O‘zbekistonlik eng kuchli ikkinchi grossmeyster Javohir Sindorov FIDE reytingida 1 pog‘ona pastlab, 25-o‘rindan joy oldi. Uning ochkolari o‘zgarishsiz qoldi (2721), ammo xitoylik raqibi Yu Yangyi oktyabr oyida o‘z hisobida 6 ball qo‘shib oldi. Natijada, Sindorovni ortda qoldirib, 24-pog‘onaga ko‘tarilib oldi.

Nodirbek Yakubboyev reytingda ko‘tarilishda davom etmoqda. U sentyabr oyi yakunlariga ko‘ra, 5 pog‘ona yuqorilab, 40-pog‘onani egallab turgan edi. Oktyabr oyida Yakubboyev yana 3 pog‘ona ko‘tarildi (37-o‘rin). Hozirda uning hisobida 2689 ochko bor. Tajribali grossmeyster Rustam Qosimjonov 2671 ochko bilan 46-o‘rinni egallab turibdi. U o‘tgan oyda 47-o‘rinda edi. Yana bir o‘zbekistonlik shaxmatchi Shamsiddin Vohidov 2640 ochko bilan 86-o‘rinni band etgan.

FIDE jamoaviy reytingiga ko‘ra, O‘zbekiston Shaxmat federasiyasi 2607 ochko bilan 12-o‘rinni egallab turibdi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 12:10, 04.11.2025.
O'qildi: 1865 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.