Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/12 00:30 Arsenal 2-0 Brentford
04/12 00:30 Brayton 3-4 Aston Villa
04/12 00:30 Byornli 0-1 Kristal Pelas
04/12 00:30 Vulverhempton 0-1 Nottingem Forest
04/12 01:15 Lids 3-1 Chelsi
04/12 01:15 Liverpul 1-1 Sanderlend
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo - Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona

O‘FF Ijroqo‘mi o‘smirlar futzali taraqqiyotining istiqbolli yo‘nalishlarini belgiladi

O‘FF Ijroqo‘mi o‘smirlar futzali taraqqiyotining istiqbolli yo‘nalishlarini belgiladi

Baho:
+ | -

O‘zbekiston futzal federasiyasi Ijroiya qo‘mitasining navbatdagi yig‘ilishida o‘smirlar terma jamoasining III Osiyo yoshlar o‘yinlaridagi ishtiroki hamda kelgusi rejalar muhokama qilindi.

O‘FF Prezidenti Bekzod Mamatqulov Bahrayn–2025 musobaqasi futzal bo‘yicha O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi ishtirok etgan ilk xalqaro rasmiy musobaqa sifatida tarixdan joy olishi barobarida, o‘smir futzalchilarimiz uchun katta tajriba maktabi bo‘lganligi, o‘smirlarimiz Vatanimiz sharafini himoya etib, kuchli to‘rtlikka kirganligini, medallar uchun oxirgi kungacha kurashganligini ta’kidladi. Shu bilan birgalikda barcha o‘yinlarni tahlil etish, mag‘lubiyatlardan tegishli xulosa chiqarish zarurligini uqtirdi. O‘z navbatida Osiyo Yoshlar o‘yinlari butun mamlakat sport jamoatchiligi uchun ham muhim voqea bo‘lganligini qayd etdi. Shu bilan birga, Osiyo Olimpiya Kengashi qit’a yoshlarining navbatdagi forumi — 2029 yilgi Osiyo yoshlar o‘yinlarini Toshkent shahrida o‘tkazishni ishonib topshirgani O‘zbekiston sportiga bo‘lgan xalqaro ishonch va e’tirofdan dalolatdir.

Bu yil birinchi marta o‘tkazilayotgan “O‘FF Prezidenti kubogi” yosh futzalchilar uchun katta imkoniyat bo‘ladi. Musobaqa ularga muntazam o‘yin amaliyoti, tajriba va mahorat oshirish imkonini yaratadi. “Bu yosh iste’dodlar – kelajakda milliy futzalimiz poydevori bo‘lishadi. Ularning o‘sishi va rivojlanishini doimiy nazorat qilib borish muhim. Shu maqsadda "O‘FF Prezidenti kubogi" musobaqasida ishtirok etuvchi Yoshlar terma jamoasini aynan shu o‘smirlar jamoasi negizida shakllantirilishi maqsadga muvofiq”, – dedi Mamatqulov.

O‘FFning “Musobaqalarni tashkil etish va o‘tkazish Reglamenti”ga ko‘ra, Oliy liga jamoalari kamida bir nafar 2009 yil va undan keyin tug‘ilgan futbolchini qaydnomaga kiritishi belgilangan. Ushbu tartib “O‘FF Prezidenti kubogi” musobaqasida yanada takomillashib, 16 yoshli futzalchining asosiy tarkibda maydonda harakat qilishi, zaxiraga olinganda ham faqat shu yoshdagi o‘yinchiga almashtirilishi shart qilib qo‘yilganligi yoshlarga bo‘lgan e’tiborning oshayotganini ko‘rsatadi.

O‘FF rahbari 2029 yilgi Osiyo yoshlar o‘yinlariga tayyorgarlikni bugundan boshlash zarurligini ta’kidladi. 2026 yil boshidan barcha viloyatlarda sayyor tanlovlar o‘tkazilib, 2013 yil va undan keyin tug‘ilgan iqtidorli yoshlarni saralash, ular bilan muntazam mashg‘ulotlar o‘tkazilib, kuchli jamoani shakllantirish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berildi.

O‘FF Ijroqo‘mi yig‘ilishida qator muhim qarorlar qabul qilindi:

- Yoshlar terma jamoasi bosh murabbiyi Konstantin Sviridovga Bahrayn–2025 da ishtirok etgan o‘smirlar jamoasi negizida yangi jamoani shakllantirish;

- “O‘FF Prezidenti kubogi”da Yoshlar jamoasining munosib ishtiroki uchun zarur chora-tadbirlar ishlab chiqish;

- 2026 yilning birinchi choragidan yangi murabbiylar shtabi 2013 yil va undan keyin tug‘ilgan iste’dodlarni jamlash va jamoani shakllantirishga kirishadi.

Shuningdek, O‘zbekiston futzal federasiyasi Ijroiya qo‘mitasi qaroriga ko‘ra o‘smirlar terma jamoasining sobiq bosh murabbiyi Dilshod Raxmatov bilan mehnat shartnomasi muddati yakunlanganligi bois tugatildi. Federasiya unga samarali faoliyati uchun minnatdorlik bildirdi.

O‘FF rahbariyati ta’kidlaganidek, futzalimizda avlodlar almashinuv uzluksiz va tizimli kechishi lozim. O‘smirlar jamoasi — Yoshlar terma jamoasi uchun, Yoshlar terma jamoasi esa — Milliy terma jamoa uchun munosib o‘rinbosarlar yetkazib berishi ustuvor yo‘nalish bo‘lib qoladi.

Yangi rejalar, yoshlar bilan tizimli ish olib borish, ichki va xalqaro musobaqalarda muntazam ishtirok etish, tajriba va mahoratni oshirish — bularning barchasi mamlakatimiz futzalining istiqboli va kelajagi uchun mustahkam poydevor yaratadi.

Manba: https://t.me/Futsal_Uzbekistan
Kiritildi: 20:17, 04.11.2025.
O'qildi: 305 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.