Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/04 00:00 Man. Yunayted 2-1 Brentford
28/04 00:00 Espanyol 0-0 Levante
28/04 19:00 Andijon 2-1 Dinamo
28/04 19:00 So‘g‘diyona 5-2 Surxon
28/04 20:00 Paxtakor 2-2 Nasaf
28/04 23:59 PSJ 5-4 Bavariya
29/04 19:00 Qizilqum - Xorazm
29/04 19:00 Neftchi - Qo‘qon-1912
29/04 20:00 Bunyodkor - Navbahor
29/04 23:59 Atletiko - Arsenal

Shaxmat. Jahon kubogi. Sindarov va Yoqubboyev keyingi bosqichga chiqdi, Abdusattorov va Vohidov bugun tay-brekda ishtirok etadi

Shaxmat. Jahon kubogi. Sindarov va Yoqubboyev keyingi bosqichga chiqdi, Abdusattorov va Vohidov bugun tay-brekda ishtirok etadi

Baho:
+ | -

Hindistonning Goa shahrida bo‘lib o‘tayotgan shaxmat bo‘yicha jahon kubogi musobaqasida kecha 2-bosqichning (1/64 final) javob bahslari o‘tkazildi.

Javohir Sindarov birinchi o‘yinda g‘alaba qozongan edi. U Nikita Petrov (Chernogoriya)ga qarshi kechagi bahsda ham ustunlikka erishdi. Ammo o‘yin so‘ngida durangga rozi bo‘lishga qaror qildi. Natijada shaxmatchimiz 3-bosqichiga yo‘l oldi.

Nodirbek Yoqubboyev esa ikkinchi partiyada germaniyalik Niklas Xushenbetni taslim etdi. Birinchi o‘yinda shaxmatchilar durang o‘ynashgan edi.

Shamsiddin Vohidov va Nodirbek Abdusattorov ikkinchi o‘yinda ham durang qayd etishdi. Abdusattorov bahs o‘rtasida ustunlikka erishgan edi, ammo u g‘alaba olib boruvchi yo‘lni topa olmadi. Natijada har ikki sportchimiz bugun rapid formatida o‘tkaziladigan tay-breklarda ishtirok etishadi.

Nodirbek Abdusattorov - Denis Maxnyov (Qozog‘iston) - 1:1
Javohir Sindarov - Nikita Petrov (Chernogoriya) - 1,5:0,5
Nodirbek Yoqubboyev - Niklas Xushenbet (Germaniya) - 1,5:0,5
Shamsiddin Vohidov - Maksim Chigayev (Ispaniya) - 1:1.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 11:13, 06.11.2025.
O'qildi: 1008 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик