Madridning "Real" klubi yarim himoyachisi Federiko Valverde jarohatdan qutilib qoldi.
Le Journal de Real xabariga ko‘ra, 27 yoshli futbolchida bugungi tibbiy ko‘rikdan so‘ng jarohat aniqlanmagan. U dam olish kunlariga belgilangan "Rayo Valyekano"ga qarshi safar o‘yinida ishtirok etishi mumkin.
Avvalroq, "qaymoqranglilar"ning boshqa bir yarim himoyachisi Orelyen Tchuameni 3 haftaga safdan chiqqani ma’lum bo‘lgan edi.













