Kirish Ro'yxatdan o'tish

Gexi "Real"ga aniq javob berdi

Gexi "Real"ga aniq javob berdi

Baho:
+ | -

"Kristal Pelas" himoyachisi Mark Gexi "Real" futbolchisiga aylanmaydi. Bu haqda jurnalist Devid Ornshteyn xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, Gexi "Real"ga faoliyatini "Liverpul"da davom ettirishini aytgan. Ta’kidlanishicha, futbolchi mersisaydliklarga va’da berib bo‘lgan. Eslatib o‘tamiz, avvalroq Gexi "burgutlar" bilan shartnomani uzaytirmasligi va klubni tark etishi ma’lum bo‘lgandi.

Joriy mavsumda 25 yoshli himoyachi barcha musobaqalarda 18 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 3 ta assistni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.

Gexining "Kristal Pelas" bilan amaldagi shartnomasi 2026 yilning yozigacha mo‘ljallangan. Transfermarkt portali mutaxassislari futbolchining narxini 50 million yevroga baholamoqda.

Kiritildi: 11:35, 07.11.2025.
O'qildi: 4411 marta.
Fikrlar: 15 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик