Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

Pep Gvardiola “Manchester Siti”ga Vinisiusni olib kelmoqchi

Pep Gvardiola “Manchester Siti”ga Vinisiusni olib kelmoqchi

Baho:
+ | -

Madridning “Real” klubi hujumchisi Vinisius Junior faoliyatini Angliya Premyer Ligasida davom ettirishi mumkin. Fichajes nashrining xabar berishicha, futbolchiga “Manchester Siti” jiddiy qiziqish bildirmoqda.

Manbaga ko‘ra, “shaharliklar” ustozi Pep Gvardiola klub rahbariyatidan Vinisiusning transferini so‘ragan. Ispaniyalik mutaxassisning fikricha, braziliyalik forvard hamda Erling Holand juftligi “Manchester Siti” hujum chizig‘ini kuchaytirishi mumkin. Hozirda ingliz klubi rahbariyati Vinisius uchun 150 million yevrolik taklif tayyorlamoqda. Agar tomonlar kelishuvga erisha olsa, mazkur transfer yozda amalga oshishi mumkin.

Vinisiusning kelajagi hamon noaniqligicha qolmoqda. Chunki klub rahbariyati hamda futbolchi yangi shartnoma bo‘yicha kelishuvga erisha olmayapti. Sababi hujumchi klubning eng ko‘p maosh oladigan futbolchilaridan biriga aylanishni maqsad qilgan. “Real Madrid” rahbariyati esa uning talablarini qanoatlantirmoqchi emas. Mazkur holat ortidan tomonlar o‘rtasidagi muzokaralar to‘xtab qolgan.

Avvalroq “qirollik klubi” prezidenti Florentino Peres futbolchini sotishga qaror qilgani haqida xabarlar tarqalgandi. Unga ko‘ra, Peres futbolchining maydondagi va undan tashqaridagi xatti-harakatlaridan bezor bo‘lgan va “hech bir o‘yinchi klubdan muhim emas” degan prinsipni boshqalarga ko‘rsatib qo‘ymoqchi.

25 yoshli Vinisius 2018-yildan beri “Real Madrid” sharafini himoya qiladi. U klub bilan uch karra Ispaniya chempioni, ikki karra Chempionlar Ligasi g‘olibi bo‘lgan. Braziliyalik futbolchi “Real” safida 335 o‘yinda maydonga tushib, 111 ta gol va 87 ta golli uzatma amalga oshirgan. U Braziliya terma jamoasi safida ham 43 o‘yin o‘tkazib, 8 ta gol va 7 ta assist qayd etgan.

Uning klub bilan shartnomasi 2027-yilning yoziga qadar amal qiladi. Transfermarkt portali futbolchining qiymatini 150 million yevroga baholagan.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 15:26, 07.11.2025.
O'qildi: 4107 marta.
Fikrlar: 12 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.