Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/04 18:30 So‘g‘diyona 2-2 Qo‘qon-1912
02/04 19:00 Bunyodkor 2-0 Lokomotiv
03/04 18:00 Xorazm - Dinamo
03/04 19:00 Navbahor - Mash’al
03/04 20:15 Nasaf - Andijon
04/04 00:00 Rayo Valyekano - Elche
04/04 17:00 Paxtakor - OKMK
04/04 17:00 Real Sosyedad - Levante
04/04 18:00 Qizilqum - Neftchi
04/04 18:00 Sassuolo - Kalyari
04/04 19:15 Surxon - Buxoro
04/04 19:15 Malyorka - Real Madrid
04/04 21:00 Verona - Fiorentina
04/04 21:30 Betis - Espanyol
04/04 23:45 Lasio - Parma
05/04 00:00 Atletiko - Barselona

Shaxmat. Abdusattorov va Vohidov jahon kubogini tark etdi, Sindarov 4-bosqichga chiqdi

Shaxmat. Abdusattorov va Vohidov jahon kubogini tark etdi, Sindarov 4-bosqichga chiqdi

Baho:
+ | -

Hindistonning Goa shahrida bo‘lib o‘tayotgan shaxmat bo‘yicha jahon kubogi musobaqasida 3-bosqichning klassik formatdagi o‘yinlari yakunlandi.

Kutilmaganda, O‘zbekistonning birinchi raqamli shaxmatchisi Nodirbek Abdusattorov musobaqani tark etdi. U meksikalik Xose Martinesga qarshi har ikki partiyada mag‘lub bo‘ldi.

Hamyurtimiz birinchi o‘yinda g‘alabaga yaqin edi. U raqib Shohi tomon bosim uyushtirdi. Ammo muhim pallada G6 yurishini topa olmadi. Shundan keyin yo‘l qo‘yilgan 2-3 xato tufayli mag‘lubiyatga uchradi.

Nodirbek javob o‘yini g‘alaba uchun harakat qildi, ba’zi paytlarda tavakkalga qo‘l urdi. Ammo meksikalik shaxmatchi ishonchli o‘yin ko‘rsatib, ikkinchi bahsda ham g‘alabani qo‘lga kiritdi.

Abdusattorov 2023 yilda Boku o‘tkazilgan jahon kubogini 2-bosqichdan tark etgandi. Bu safar u uchinchi bosqichdan o‘ta olmadi.

Shamsiddin Vohidov esa hindistonlik kuchli grosmeyster Arjun Erigaisiga qarshi o‘yinlarda bir mag‘lubiyat va bir durang qayd etib,  turnir bilan xayrlashdi.

Javohir Sindarov gresiyalik Nikolas Teodoroga qarshi o‘yinlarda bir durang va bir g‘alabaga erishdi hamda to‘rtinchi bosqichiga yo‘l oldi.

Nodirdek Yoqubboyev esa chexiyalik Van Nguyenga qarshi har ikki partiyada durang qayd etdi. Shaxmatchilar bugun rapid formatidagi tay-brek bahslarida g‘olib nomiga aniqlik kiritishadi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 14:33, 09.11.2025.
O'qildi: 1237 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик