Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/04 18:30 So‘g‘diyona 2-2 Qo‘qon-1912
02/04 19:00 Bunyodkor 2-0 Lokomotiv
03/04 18:00 Xorazm - Dinamo
03/04 19:00 Navbahor - Mash’al
03/04 20:15 Nasaf - Andijon
04/04 00:00 Rayo Valyekano - Elche
04/04 17:00 Paxtakor - OKMK
04/04 17:00 Real Sosyedad - Levante
04/04 18:00 Qizilqum - Neftchi
04/04 18:00 Sassuolo - Kalyari
04/04 19:15 Surxon - Buxoro
04/04 19:15 Malyorka - Real Madrid
04/04 21:00 Verona - Fiorentina
04/04 21:30 Betis - Espanyol
04/04 23:45 Lasio - Parma
05/04 00:00 Atletiko - Barselona

Marko Stanoyevich: «Albatta, oxirigacha kurashamiz»

Marko Stanoyevich: «Albatta, oxirigacha kurashamiz»

Baho:
+ | -

«Bunyodkor» - «Dinamo» (1:3) uchrashuvida jamoaning asosiy ikki markaziy himoyachisi Oleksandr Kucherenko jarohat, Jahongir O‘rozov esa diskvalifikasiya sabab maydonga tusha olmagach, bosh murabbiy Vadim Abramov Marko Stanoyevichni himoyada o‘ynatishga majbur bo‘ldi va serbiyalik tajribali legioner ishonchni oqladi.

O‘yindan keyin Marko klub matbuot xizmatiga o‘yin borasidagi fikrlarini bildirdi.

«Bu o‘yin 2-davrada asosiy tarkibda boshlagan birinchi o‘yinim bo‘ldi. Bugun markaziy himoyada o‘ynashimga to‘g‘ri keldi. Bu yoshda istalgan pozisiyada o‘ynashim mumkin, kamroq xato qilib, ko‘proq o‘zimdan yoshi kichiklarga yordam berishga intildim. G‘alaba qozondik, demak hammasi yaxshi chiqdi.

Kucherenko va O‘rozov nuqtasidagi o‘yin? Ularning o‘rnini to‘ldirish qiyin. Butun mavsum davomida ular ko‘p ter to‘kishdi, yaxshi harakat qilishmoqda. Afsuski, bugungi o‘yinda maydonga tusha olishmadi. Hozir qaysi chiziqda o‘ynashim muhim emas, jamoaning g‘alaba qozonib, olg‘a yurishda davom etishi muhimroq.

Imkoniyat? Albatta, bor. Muvaffaqiyatga erishish uchun oxirigacha kurashamiz. «Bunyodkor» oson raqib emas, birinchi davradagi o‘yinda bizda hech narsa chiqmagandi, bugun esa yuta oldik. Shukrki, muhim bahsda g‘alaba qozondik», - deydi Marko Stanoyevich o‘yindan keyin.

Manba: fcdinamo.uz
Kiritildi: 15:51, 09.11.2025.
O'qildi: 866 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик