Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika - JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya - Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina

Runi APL favoritlari mavzusida fikrlarini bildirdi

Runi APL favoritlari mavzusida fikrlarini bildirdi

Baho:
+ | -

Ueyn Runi Premyer-liga chempionligi uchun kurashda favoritlar haqida fikr bildirdi.

11 turdan so‘ng turnir jadvalida 26 ochko bilan "Arsenal" peshqadamlik qilmoqda. "Manchester Siti" 22 ochko bilan 2-o‘rinda bormoqda. "Liverpul" hisobida "shaharliklar" bilan 0:3 hisobidagi mag‘lubiyatdan so‘ng 18 ochko va 8-o‘rin bor.

"O‘ylaymanki, "Liverpul"ga hozir oson bo‘lmaydi. "Arsenal" dam olish kunlari ochko yo‘qotganini bilaman, ammo ularning umumiy formasi va "Manchester Siti"ning kuchayib borayotganiga qaraydigan bo‘lsak, "Liverpul"ga oson bo‘lmaydi.

Ammo mavsum hali oldinda, shuning uchun nima bo‘lishini hech qachon bilmaysiz. Menimcha, hozirda "Arsenal" va "Manchester Siti" favorit.

"Arsenal" "Manchester Siti" bilan bo‘lajak raqobatdan biroz asabiylashadi, lekin o‘ylaymanki, ulardan biri [ligada] g‘alaba qozonadi.

Hali ham "Arsenal"ga moil bo‘lsam kerak. "Arsenal"ni kichik favorit deb hisoblayman," - dedi Runi BBC podkastida.

Kiritildi: 17:33, 10.11.2025.
O'qildi: 715 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик