Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/09 00:00 Real Madrid 4-1 Rayo Valyekano
13/09 00:00 Sanderlend 0-2 Arsenal
13/09 17:00 Selta 1-1 Malaga
13/09 18:00 Koventri Siti 0-5 Brayton
13/09 18:00 Lechche 3-2 Monsa
13/09 19:15 Levante 2-4 Barselona
13/09 20:30 Man. Yunayted 0-1 Manchester Siti
13/09 21:00 Napoli 1-0 Bolonya
13/09 21:30 Xetafe 1-1 Deportivo
13/09 23:45 Sassuolo 3-2 Yuventus
14/09 00:00 Real Sosyedad 0-3 Atletiko

U17. O‘zbekiston Panamani yirik hisobda mag‘lub etib, pley-offga chiqdi

U17. O‘zbekiston Panamani yirik hisobda mag‘lub etib, pley-offga chiqdi

Baho:
+-1 | -

Qatarda davom etayotgan 17 yoshli futbolilar o‘rtasida jahon chempionatining 3-turi doirasida O‘zbekiston U17 terma jamoasi Panamaga qarshi maydonga chiqib, yirik hisobda g‘alaba qozondi.

Panamaliklarda ham pley-offga chiqish uchun imkoniyat saqlab qolayotgani uchun jamoa birinchi bo‘limda ancha faol o‘yin namoyish etdi. Hattoki, ular 15-daqiqada penalti tepish huquqini qo‘lga kiritishdi. Futbolchining zarbasini darvozabonimiz Ibrohim Shokirov qaytarishga muvaffaq bo‘ldi.

Tanaffusgacha jamoamizning hujumdagi ishlari u qadar yaxshi yurishmadi.

Bosh murabbiy tanaffusda shogirdlari bilan yaxshilab gaplashib oldi shekilli, o‘yinchilar ikkinchi bo‘limni o‘zgacha kayfiyatda boshlashdi. Bahsning 48-daqiqasida Abubakr Shukurullayev hisobni ochgan bo‘lsa, oradan 5 daqiqa o‘tib Sadriddin Hasanov farqni ikkitaga yetkazdi.

Ushbu gollar tufayli Panama o‘yinni tashlab yubordi. Futbolchilarimiz esa gollardan ilhomlanib, ketma-ket gollar urishdi va hisobni 6:0 ko‘rinishga keltirishdi. Panama esa 90+10-daqiqada bitta javob to‘pini kiritdi.

Ushbu g‘alaba tufayli O‘zbekiston o‘z ochkolari 6 taga yetkazib, "J" guruhida 2-o‘rinni egalladi. Irlandiya esa bugun Paragvay bilan durang o‘ynab, 7 ochko bilan guruh peshqadami bo‘ldi.

O‘zbekistonning 1/16 finaldagi raqibi birozdan keyin aniq bo‘ladi.

O‘ZBEKISTON U17 - PANAMA U17 - 6:1
Gollar: Abubakr Shukurullayev (48), Sadriddin Hasanov (53), Sayfiddin Sodiqov (68), Jamshidbek Rustamov (90+1), Asilbek Aliyev (90+4), Abdusamad Saidov (90+7-penalti) — Pacheko (90+10)

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 20:52, 11.11.2025.
O'qildi: 3787 marta.
Fikrlar: 17 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик