Kirish Ro'yxatdan o'tish

Islom Birdamlik o‘yinlari. Futzal musobaqasi Eron g‘oliblikni qo‘lga kiritdi (videosharh)

Islom Birdamlik o‘yinlari. Futzal musobaqasi Eron g‘oliblikni qo‘lga kiritdi (videosharh)

Baho:
+ | -

Birinchi marta Islom Birdamligi o‘yinlari dasturiga kiritilgan futzal bahslarida Osiyo qit’asi vakillari zafar quchishdi. Yevropa, Osiyo hamda Afrika qit’asi vakillari qatnashgan musobaqada sariq qit’a grandi — Eron terma jamoasi VI Islom Birdamligi o‘yinlarining chempioni bo‘ldi!

“Osiyo Braziliyasi” nomi bilan mashhur forslar finalda Afrika qit’asining eng kuchli jamoasi — Marokash darvozasiga javobsiz 5 ta gol kiritishdi!

Bronza medali uchun kechgan bahsda esa O‘zbekiston milliy terma jamoasi musobaqa mezbonlari Saudiya Arabistoni terma jamoasini penaltilar seriyasida dog‘da qoldirdi – 7:6!

VI Islom Birdamligi o‘yinlari
11.11.2025 yil
Final
Marokash – Eron – 0:5.

Manba: https://t.me/Futsal_Uzbekistan
Kiritildi: 08:36, 12.11.2025.
O'qildi: 1157 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.