Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya - Marokash
14/06 06:00 Gaiti - Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya - Turkiya
14/06 22:00 Germaniya - Kyurasao

“Liverpul” “PSJ” futbolchisi uchun 130 mln yevro to‘lashga tayyor

“Liverpul” “PSJ” futbolchisi uchun 130 mln yevro to‘lashga tayyor

Baho:
+ | -

Parijning “PSJ” yarim himoyachisi Vitinya faoliyatini Angliya Premyer Ligasida davom ettirishi mumkin. Caught Offside nashri xabariga ko‘ra, “Liverpul” futbolchini qishki transfer oynasi vaqtida o‘z safiga qo‘shib olishni istamoqda.

Manbaga ko‘ra, “qizillar” skautlari 25 yoshli portugaliyalik futbolchini texnik jihatdan Yevropadagi eng iqtidorli yarim himoyachilardan biri deb hisoblaydi. Shu bois uni xarid qilish ustida ishlamoqda. Agar kelishuvga erisha olsa, qishda futbolchi bilan shartnoma imzolashi mumkin.  Parij klubi Vitinyani transfer qilishga tayyor ekanligini, biroq buning uchun kamida 130 million yevro miqdoridagi taklif kutayotganini bildirgan. Agar xaridorlar futbolchi uchun mazkur summani taklif qilsa, “PSJ” muzokaralarga kirishadi.

Shuningdek, Vitinyaga “Liverpul”dan tashqari “Yuventus”, “Real Madrid”, “Bavariya” hamda “Arsenal” kabi klublar ham qiziqish bildirmoqda.

Ma’lumot uchun, joriy mavsumda Vitinya barcha turnirlar doirasida jami 16 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 2 ta gol va 8 ta golli uzatma yozdirib qo‘ygan. Uning “PSJ” bilan shartnomasi 2029-yilning yozigacha amal qiladi. Transfermarkt ma’lumotiga ko‘ra, yarim himoyachining bozor qiymati 90 million yevroni tashkil qiladi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 09:25, 12.11.2025.
O'qildi: 2266 marta.
Fikrlar: 6 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик