Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/05 00:00 Osasuna 1-2 Barselona
03/05 15:30 Bolonya 0-0 Kalyari
03/05 17:00 OKMK 0-0 Neftchi
03/05 17:00 Selta 3-1 Elche
03/05 18:00 Qo‘qon-1912 1-0 Bunyodkor
03/05 18:00 Bornmut 3-0 Kristal Pelas
03/05 18:00 Sassuolo 2-0 Milan
03/05 19:15 Surxon 1-1 Paxtakor
03/05 19:15 Xetafe 0-2 Rayo Valyekano
03/05 19:30 Man. Yunayted 3-2 Liverpul
03/05 21:00 Yuventus 1-1 Verona
03/05 21:30 Betis 3-0 Real Ovyedo
03/05 23:00 Aston Villa 1-2 Tottenhem
03/05 23:45 Inter 2-0 Parma
04/05 00:00 Espanyol 0-2 Real Madrid
04/05 19:00 Xorazm - Andijon
04/05 19:00 Lokomotiv - Qizilqum
04/05 19:00 Chelsi - Nottingem Forest
04/05 20:00 Nasaf - Navbahor
04/05 21:30 Cremonese - Lasio
04/05 23:45 Roma - Fiorentina
05/05 00:00 Everton - Manchester Siti
05/05 00:00 Sevilya - Real Sosyedad

Robert Levandovski futbolchilik faoliyatini yakunlashi mumkin

Robert Levandovski futbolchilik faoliyatini yakunlashi mumkin

Baho:
+ | -

Polshalik hujumchi Robert Levandovski “Barselona” bilan yangi shartnoma imzolamasa, futbolchilik faoliyatini yakunlashi mumkin. Bu haqda Sport.es nashri xabar berdi.

Uning kataloniyaliklar bilan shartnomasi 2025/26-yilgi mavsum yakuniga qadar amal qiladi. 37 yoshli forvard “Barselona”da qolishni xohlamoqda va imkon bo‘lsa, zaxira futbolchisi sifatida o‘ynashga ham tayyor. Ammo klub hujumchi bilan shartnoma uzaytirish borasida bir qarorga kelmagan. Agar “ko‘k-anorranglilar” rahbariyati futbolchi bilan yangi bitim imzolamasa, shuningdek, boshqa jamoalardan tushgan takliflar qoniqtirmasa, Levandovski faoliyatini yakunlash variantini ko‘rib chiqadi.

Xabarlarga ko‘ra, tajribali hujumchi Saudiya Arabistoni klublaridan moliyaviy yaxshi takliflar olgan, biroq Robert Yevropada qolib, faoliyatini shu yerda davom ettirishni istamoqda.

Avvalroq “Barselona” rahbariyati futbolchining yoshi, samaradorlikning pasaygani hamda jamoaviy pressingda avvalgidek faollik ko‘rsata olmasligi sababli shartnomani uzaytirish niyatida emasligi haqida xabar berilgandi.

Ma’lumot uchun, joriy mavsum Levandovski “Barselona” safida jami 12 o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 7 ta gol yozdirib qo‘ygan. U  La Liga doirasidagi oxirgi uchrashuvda “Selta” darvozasiga 3 ta gol urib (4:2), xet-trik muallifiga aylandi.

Eslatib o‘tamiz, polshalik futbolchi 2022 yil yozida “Bavariya”dan “Barselona” safiga 45 million yevro evaziga o‘tgan edi. U kataloniyaliklar bilan ikki marta La Liga chempioni bo‘ldi, shuningdek, Ispaniya kubogi va ikki marta Superkubokni qo‘lga kiritdi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 20:34, 12.11.2025.
O'qildi: 1316 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик