Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/07 01:00 Braziliya 1-2 Norvegiya
06/07 05:00 Meksika 2-3 Angliya
06/07 23:59 Portugaliya 0-1 Ispaniya
07/07 05:00 AQSh 1-4 Belgiya
07/07 21:00 Argentina - Misr
08/07 01:00 Shveysariya - Kolumbiya

David Rayya o‘z vatandoshining "Arsenal"ga moslashish jarayoni haqida gapirdi

David Rayya o‘z vatandoshining "Arsenal"ga moslashish jarayoni haqida gapirdi

Baho:
+ | -

Londonning "Arsenal" klubi darvozaboni David Rayya o‘z vatandoshi Martin Subimendining klubga moslashish jarayoni haqida fikr bildirdi.

Ispaniyalik futbolchi yozda "Real Sosyedad"dan "kanonirlar" safiga o‘tgandi.

"Menimcha, Martin Subimendi juda, juda aqlli. U ko‘plab o‘yinchilar bor bo‘lgan ligaga juda yaxshi moslashdi. Odatda uning pozisiyasida o‘ynaydiganlar uchun moslashishga ko‘proq vaqt kerak bo‘ladi.

U shunchaki juda tez moslashdi va jamoa uchun nima qilayotganini ko‘rishingiz mumkin", - dedi Rayya.

Subimendi "kanonirlar" safida mutlaq boshlang‘ich tarkib futbolchisiga aylandi va joriy mavsum APLning shu paytgacha o‘tkazilgan barcha o‘yinlarida maydonga tushib, ikkita gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 12:38, 13.11.2025.
O'qildi: 482 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик