Bahrayn poytaxti Manama shahrida tennis bo‘yicha M25 tasnifiga kiruvchi turnirda hamyurtimiz Sergey Fomin final bosqichiga yo‘l oldi.
Mamlakatimizning ikkinchi raqamli tennischisi Sergey Fomin musobaqaning chorak finalida germaniyalik Nino Exrenshneyderni 7:6, 1:6, 6:0 hisobida taslim etgan bo‘lsa, yarim finalda yana bir germaniyalik tennischi Maksimilyan Xomberg ustidan 6:4, 6:1 hisobida zafar quchdi.
Shu tariqa, Sergey Fomin so‘nggi hal qiluvchi final bahsida polshalik Olaf Pechkovski bilan kuch sinashadi.













