Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/05 21:00 Bolonya 3-3 Inter
23/05 23:45 Lasio 2-1 Piza
24/05 00:00 Betis 2-1 Levante
24/05 00:00 Jirona - Elche
24/05 00:00 Xetafe 1-0 Osasuna
24/05 00:00 Malyorka 3-0 Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid 4-2 Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya 3-1 Barselona
24/05 00:00 Alaves - Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta 1-0 Sevilya
24/05 00:00 Espanyol 1-1 Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma - Sassuolo
24/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli - Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas - Arsenal
24/05 20:00 Fulhem - Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul - Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti - Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest - Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend - Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem - Everton
24/05 20:00 Vest Xem - Lids
24/05 21:00 Napoli - Udineze
24/05 23:45 Torino - Yuventus
24/05 23:45 Verona - Roma
24/05 23:45 Cremonese - Komo
24/05 23:45 Lechche - Jenoa
24/05 23:45 Milan - Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal - Atletiko

Oston O‘runov Holand, Messi, Ronaldu va Mbappeni ortda qoldirdi (foto)

Oston O‘runov Holand, Messi, Ronaldu va Mbappeni ortda qoldirdi (foto)

Baho:
+1 | -

O‘zbekiston terma jamoasi hamda Eronning “Persepolis” klubi futbolchisi Oston O‘runov so‘nggi 24 soat ichida Transfermarkt portalida eng ko‘p qidirilgan futbolchiga aylandi. Bu haqda “Tarafdari.com” nashri xabar berdi.

Fabio Kannavaro boshchiligidagi jamoa 14 noyabr, juma kuni Misrga qarshi o‘yinda 2:0 hisobida g‘alaba qozondi. Ushbu bahsda O‘runov yorqin o‘yin ko‘rsatdi. Uchrashuvdagi har ikki golga ham aynan Oston mualliflik qildi. Qolaversa, 24 yoshli vinger o‘yin davomida 4 ta aniq zarba berdi (2 ta gol). Shuningdek, 1 marta darvoza to‘sinini poyladi, 18 ta muvaffaqiyatli dribling qildi va bitta kalit pas berdi.

“Liverpul” hujumchisi Muhammad Saloh o‘ynagani ortidan uchrashuvga bo‘lgan qiziqish juda yuqori edi. Manbaga ko‘ra, bellashuvni tomosha qilgan muxlislar O‘runovning ko‘rsatgan o‘yinidan hayratda qolgan. 24 yoshli futbolchi o‘sha kuni Erling Holand, Lionel Messi, Krishtianu Ronaldo va Kilian Mbappe kabi yulduzlarni ortda qoldirib, Transfermarkt portalida eng ko‘p qidirilgan futbolchi bo‘ldi.



Ma’lumot uchun, O‘runov 2019-yildan beri O‘zbekiston terma jamoasi sharafini himoya qilib keladi. U hozirga qadar “oq bo‘rilar” safida 38 ta uchrashuvda maydonga tushib, 10 ta gol hamda bir golli uzatma muallifiga aylangan. Futbolchi 2024-yildan beri Eronning “Persepolis” klubi sharafini himoya qiladi. Joriy mavsum tehronliklar safida 9 ta uchrashuvda ishtirok etib, o‘z hisobiga bitta assist yozdirib qo‘ygan. Transfermarkt portali vingerning qiymatini 2 million yevroga baholagan.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 23:09, 16.11.2025.
O'qildi: 7033 marta.
Fikrlar: 12 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик