Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Bavariya" himoyachisi Sasha Boe APL klublarining nishonida

"Bavariya" himoyachisi Sasha Boe APL klublarining nishonida

Baho:
+ | -

"Bavariya"ning fransiyalik himoyachisi Sasha Boe faoliyatini Angliya premyer-ligasida davom ettirishi mumkin. Insayder Ekrem Konurning X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida ma’lum qilishicha, futbolchiga Londonning ikki klubi qiziqish bildirmoqda.

23 yoshli futbolchining xizmatlariga "Kristal Pelas" va "Vest Xem" klublari faol qiziqish bildirmoqda. Ikkala klub ham yaqin transferlar davrida Boeni sotib olish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Avvalroq, Italiyaning "Yuventus" klubi ham qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Sasha Boening myunxenliklar bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2028 yilning yozigacha mo‘ljallangan.

Kiritildi: 16:47, 17.11.2025.
O'qildi: 649 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик