Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/05 23:45 Piza - Lechche
02/05 00:00 Lids - Byornli
02/05 00:00 Jirona - Malyorka
02/05 17:00 Vilyarreal - Levante
02/05 18:00 Udineze - Torino
02/05 19:00 Vulverhempton - Sanderlend
02/05 19:00 Brentford - Vest Xem
02/05 19:00 Nyukasl - Brayton
02/05 19:15 Valensiya - Atletiko
02/05 21:00 Komo - Napoli
02/05 21:30 Arsenal - Fulhem
02/05 21:30 Alaves - Atletik Bilbao
02/05 23:45 Atalanta - Jenoa
03/05 00:00 Osasuna - Barselona

Benzema: "Mbappe bu mavsumda "Real"da ancha yaxshi o‘ynamoqda"

Benzema: "Mbappe bu mavsumda "Real"da ancha yaxshi o‘ynamoqda"

Baho:
+ | -

"Al-Ittihod" hujumchisi Karim Benzema "Real" forvardi Kilian Mbappening bu mavsumdagi o‘yiniga yuqori baho berdi.

- Bu mavsumda haqiqiy Mbappeni ko‘ryapmizmi?

- U ancha yaxshi o‘ynaydi. Kilian uchun gol urish yangilik emas, u buni "PSJ"da qilgan va "Real"da hali ko‘p gol uradi.

U to‘pga deyarli tegmaydigan o‘yinlar bo‘ladi. Ammo Mbappedan imkoniyat bo‘lganida gol urishini kutamiz. Madridda shunday.

"Real" unga juda muhtoj va u gol urishi kerak bo‘lgan o‘yinlar bor, masalan, "Atletiko", "Liverpul"ga qarshi... 

U Vinisius bilan kombinasiya qilishi kerak. "Real" Chempionlar Ligasida g‘alaba qozonish uchun hal qiluvchi pallalarda Mbappening paydo bo‘lishini kutmoqda. Menimcha, u buni boshqa o‘yinchilar bilan birga qila oladi. Bir o‘zi buning uddasidan chiqa olmaydi - unga Vinisius va boshqa futbolchilar kerak.

Menimcha, Vinisius, Mbappe, Rodrigo, garchi u ko‘p o‘ynamasa ham, Bellingem gaplashib olishi kerak. Bir o‘yinchi gol urishi, ikkinchisi esa golli uzatma berishi kerak. Biz Bellingemga gol urishni aytmaymiz, chunki bu Mbappening ishi, xuddi Kilian "o‘nlik" bo‘lishini aytmaymiz, chunki bu Bellingemning roli. Ular bir-birlari bilan gaplashishlari kerak.

Mbappe yaxshiroq ko‘rinmoqda, ammo u "Real"ga kerak bo‘lgan pallalarga ko‘proq e’tibor qaratishi kerak, chunki unda buning uchun hamma narsa bor", - dedi "Real"ning sobiq futbolchisi Benzema.

Kiritildi: 19:41, 17.11.2025.
O'qildi: 748 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик