Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/03 01:00 Arsenal 2-0 Bayer
18/03 01:00 Chelsi 0-3 PSJ
18/03 01:00 Manchester Siti 1-2 Real Madrid
18/03 19:15 Qo‘qon-1912 2-1 Navbahor
18/03 19:15 Xorazm 1-2 Bunyodkor
18/03 20:00 Qizilqum 0-1 OKMK
18/03 22:45 Barselona 7-2 Nyukasl
19/03 01:00 Bavariya 4-1 Atalanta
19/03 01:00 Liverpul 4-0 Galatasaroy
19/03 01:00 Tottenhem 3-2 Atletiko
19/03 16:00 Andijon - Mash’al
19/03 18:15 Buxoro - Dinamo
20/03 16:00 Neftchi - Lokomotiv
20/03 17:00 Nasaf - Surxon
20/03 18:15 So‘g‘diyona - Paxtakor
20/03 22:30 Kalyari - Napoli

Grimaldoga "Bavariya" va "Barselona" qiziqish bildirmoqda, "Bayer" uni Myunxen klubiga sotmoqchi emas

Grimaldoga "Bavariya" va "Barselona" qiziqish bildirmoqda, "Bayer" uni Myunxen klubiga sotmoqchi emas

Baho:
+ | -

Aleks Grimaldo "Bayer"ni tark etishi mumkin.

Jurnalist Matteo Moretto 30 yoshli himoyachi yana Ispaniyaga o‘tishga faol qiziqish bildirayotganini tasdiqladi. U "Bavariya" futbolchining holatini kuzatib borayotganini ta’kidlab o‘tdi, shuningdek, agar qaror qabul qilish vaqti kelsa, futbolchining o‘zi "Ispaniyaga qaytishni afzal ko‘rishi"ga aniqlik kiritdi.

Alexandro Baldening rivojlanishini baholayotgan "Barselona" Grimaldoning ahvolini kuzatib bormoqda, ammo hozircha aniq qadamlar qo‘yilmagan.

Morettoning qo‘shimcha qilishicha, "Bayer" o‘zining eng yaxshi o‘yinchilaridan birining "Bavariya"ga o‘tishini istamaydi, shuning uchun potensial transfer bevosita La Liga bilan bog‘liq bo‘ladi. Bundan tashqari, u klub va futbolchi o‘rtasidagi munosabatlar a’lo darajada ekanligiga ishontirdi: "Agar Grimaldo qachondir Ispaniyaga qaytish istagini bildirsa, hech bir tomon bu harakatga xalaqit bermaydi".

Eslatib o‘tamiz, Grimaldo avvalroq "Barselona B"da o‘ynagan; ispaniyalik futbolchi "ko‘k-anorranglilar"ning tarbiyalanuvchisi sanaladi.

Kiritildi: 21:01, 19.11.2025.
O'qildi: 977 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.