Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/01 16:30 Iroq 1-2 Avstraliya
14/01 16:30 Tailand 0-0 Xitoy
14/01 22:30 Napoli 0-0 Parma
15/01 00:45 Inter 1-0 Lechche
15/01 22:30 Verona - Bolonya
16/01 00:45 Komo - Milan
16/01 16:30 Yaponiya - Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam - BAA

O‘zbekiston futbol assosiasiyasida Turkiyaning yetakchi qurilish kompaniyalari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston futbol assosiasiyasida Turkiyaning yetakchi qurilish kompaniyalari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar
O‘zbekiston futbol assosiasiyasida Turkiyaning yetakchi qurilish kompaniyalari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Mazkur uchrashuv davomida Turkiyaning yirik qurilish kompaniyalari — "KOC Construction” va “Bahadir Kul Architects” vakillari O‘zbekistonda barpo etilishi rejalashtirilayotgan Yangi Toshkent Markaziy futbol o‘yingohi bo‘yicha o‘zlarining konseptual loyihalarini taqdim etdilar.

Taqdimot jarayonida mehmonlar stadionning arxitektura yechimlari, konstruktiv imkoniyatlari, muxlislar uchun yaratiladigan zamonaviy infratuzilma va xavfsizlik tizimlari, shuningdek, sportchilar hamda texnik xodimlar uchun mo‘ljallangan ichki majmualar haqida batafsil ma’lumot berdilar.

O‘FA rahbariyati loyiha bo‘yicha o‘z taklif va tavsiyalarini bildirib, stadion qurilishida barcha texnik me’yorlar va jarayonlarning FIFA talablariga to‘liq mos bo‘lishi zarurligini alohida ta’kidladi. Shuningdek, muxlislar, mutaxassislar va OAV vakillari uchun eng zamonaviy sharoitlar yaratilishi lozimligi qayd etildi.

Uchrashuv yakunida tomonlar kelgusida hamkorlikni davom ettirish va loyihani yanada takomillashtirish yuzasidan kelishib oldilar.

Ma’lumot uchun, "KOC Construction” kompaniyasi yaqindagina Terma jamoalar milliy markazini qurib, topshirgandi. “Bahadir Kul Architects” kompaniyasi "Konya", "Frayburg" kabi stadionlar loyihalarining muallifi hisoblanadi. 

Manba: Telegram.me/FAUzbekistan
Kiritildi: 23:30, 19.11.2025.
O'qildi: 663 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.