Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/05 21:00 Bolonya 3-3 Inter
23/05 23:45 Lasio 2-1 Piza
24/05 00:00 Betis 2-1 Levante
24/05 00:00 Jirona 1-1 Elche
24/05 00:00 Xetafe 1-0 Osasuna
24/05 00:00 Malyorka 3-0 Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid 4-2 Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya 3-1 Barselona
24/05 00:00 Alaves 1-2 Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta 1-0 Sevilya
24/05 00:00 Espanyol 1-1 Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma - Sassuolo
24/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli - Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas - Arsenal
24/05 20:00 Fulhem - Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul - Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti - Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest - Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend - Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem - Everton
24/05 20:00 Vest Xem - Lids
24/05 21:00 Napoli - Udineze
24/05 23:45 Torino - Yuventus
24/05 23:45 Verona - Roma
24/05 23:45 Cremonese - Komo
24/05 23:45 Lechche - Jenoa
24/05 23:45 Milan - Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal - Atletiko

Aleksandr Xomyakov: «O‘yin taqdirini birinchi bo‘limdayoq hal qilishimiz mumkin edi»

Aleksandr Xomyakov: «O‘yin taqdirini birinchi bo‘limdayoq hal qilishimiz mumkin edi»

Baho:
+ | -

Superliga 29-turidan o‘rin olgan «Sho‘rtan» - «Buxoro» (1:1) uchrashuvidan so‘ng mehmonlar bosh murabbiyi Aleksandr Xomyakov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

— O‘yin haqida fikringiz?
— Bir necha bor qulay vaziyatlarga ega bo‘lishimizga qaramay, g‘alaba qozona olmadik. O‘yin taqdirini birinchi bo‘limdayoq hal qilishimiz mumkin edi. Hozir birdaniga o‘yinni tahlil qilish qiyin. G‘alaba qozonishimiz shart edi. Bir joyda turdik deb ayta olmayman, oxirigacha harakat qildik, ammo harakatning o‘zi kamlik qildi. Shu bois ham durang natijaga erishdik.

— «Sho‘rtan» kurashdan chiqqan. Bu faktor bugun «Buxoro» foydasiga ishlashi kerak emasmidi?
— Biz «Sho‘rtan» jiddiy qarshilik ko‘rsatishini bilardik, chunki har qanday jamoa maydonga tushganidan keyin oxirigacha o‘ynashga harakat qiladi. Har holda bu Superliga. Yana qaytarib aytaman, vaziyatlar ko‘p bo‘ldi, lekin bittadan ortiq to‘p kirita olmadik. Turnir jadvalidagi holatimizdan kelib chiqib bugun yutishimiz shart edi. Vaziyatlardan foydalanishga kelganda oqsadik, hatto qo‘shimcha daqiqalarda ham qulay imkoniyatga ega bo‘ldik.

— «Sho‘rtan» qaysi tomondan noqulaylik tug‘dirdi?
— Statistikaga qaraydigan bo‘lsak, «Sho‘rtan» uy o‘yinlarida ko‘p jihatdan raqibga nisbatan ustunlik qiladi. Bu holat har qanday raqibga qarshi bahsda bo‘lishi mumkin. Lekin bu jamoaning ham ojiz tomonlari bor va birinchi taymda shundan foydalanishimiz kerak edi. Hujumda yanada agressiv bo‘lishimiz shart edi. «Sho‘rtan» esa futbol o‘ynaydigan jamoa.

— Azizbek Amonov jamoadan ketishi mumkin deb eshitdik.
— Keling, avval vazifani bajaraylik. Superligada qolishni uddalaylik, undan keyin rahbariyat bilan futbolchilar borasida gaplashamiz. Azizbek Amonov universal futbolchi, istalgan chiziqda o‘ynay oladi, jamoaga ko‘p foydasi tegadi. Uning statistikasi ham ajoyib. Lekin Aziz terma jamoada o‘ynashi uchun o‘z ustida ko‘p ishlashi kerak.

Manba: https://t.me/FKBUXORO04
Kiritildi: 09:09, 20.11.2025.
O'qildi: 754 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик