Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/05 00:00 Levante 3-2 Osasuna
09/05 16:30 Liverpul 1-1 Chelsi
09/05 17:00 Elche 1-1 Alaves
09/05 18:00 Kalyari 0-2 Udineze
09/05 19:00 Fulhem 0-1 Bornmut
09/05 19:00 Brayton 3-0 Vulverhempton
09/05 19:00 Sanderlend 0-0 Man. Yunayted
09/05 19:15 Sevilya 2-1 Espanyol
09/05 21:00 Lasio 0-3 Inter
09/05 21:30 Manchester Siti 3-0 Brentford
09/05 21:30 Atletiko 0-1 Selta
09/05 23:45 Lechche 0-1 Yuventus
10/05 00:00 Real Sosyedad 2-2 Betis
10/05 15:30 Verona - Komo
10/05 17:00 Malyorka - Vilyarreal
10/05 18:00 Byornli - Aston Villa
10/05 18:00 Nottingem Forest - Nyukasl
10/05 18:00 Kristal Pelas - Everton
10/05 18:00 Cremonese - Piza
10/05 18:00 Fiorentina - Jenoa
10/05 19:15 Atletik Bilbao - Valensiya
10/05 20:30 Vest Xem - Arsenal
10/05 21:00 Parma - Roma
10/05 21:30 Real Ovyedo - Xetafe
10/05 23:45 Milan - Atalanta
11/05 00:00 Barselona - Real Madrid
11/05 23:45 Napoli - Bolonya
12/05 00:00 Tottenhem - Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano - Jirona

Vadim Abramov: «Zarur ochkolarni qo‘ldan chiqardik, o‘zimiz aybdormiz»

Vadim Abramov: «Zarur ochkolarni qo‘ldan chiqardik, o‘zimiz aybdormiz»

Baho:
+ | -

«Dinamo» - «Qo‘qon-1912» (0:0) uchrashuvidan keyin mezbonlar bosh murabbiyi Vadim Abramov matbuot anjumanida qatnashib, jurnalistlar savollariga javob qaytardi.

«O‘z maydonimizdagi mavsumdagi oxirgi o‘yinda muxlislarimizni xursand qila olmaganimizdan afsusdamiz. Barcha bizdan g‘alabani kutgandi, afsuski mavsum yakuni bizning foydamizga ishlamayapti. Zarur ochkolarni qo‘ldan chiqardik, o‘zimiz aybdormiz. O‘yingacha muammolar bo‘lishini bilardik, ammo bunchalik ko‘p bo‘lishini bilmasdik. Raqib zich himoyalandi, biz esa yakuniy zarbani yo‘llay olmadik, gohida esa sovuqqon harakat qila olmay, shoshdik. Markazdagi o‘yinchilarni almashtirishga majbur bo‘ldik, chunki jarohatlanganlar ko‘p edi. Zaxiradan qo‘shilganlar esa o‘yinni kuchaytirishmadi.

Pletnyov diskvalifikasiya sabab o‘ynay olmadi, Ratinio va Firdavs Abdurahmonovda ham jarohat bor. Ikki futbolchi mashg‘ulotda bir-biri bilan to‘qnashdi va ikkalasining ham tizzasi jarohatlangan. Bunday muammolar esa o‘yinimizga ta’sir qilmay qolmadi. Hojimirzayev jarohatidan tuzalib, endi safga qaytdi. Agarda bugun gol urib olganimizda, barcha ishlarimiz yaxshi ketayotgandek ko‘rinardi. Biroq gol ura olmadik. Keyin esa shoshila boshladik. Ammo jamoalarning vaqt cho‘zishiga hakamlar jiddiyroq munosabatda bo‘lishi lozim. Bunday o‘yinga bor yo‘g‘i 6 daqiqa qo‘shilayotgani hayron qolarli. Nechta o‘zgarishlar bo‘ldi? 10tami? Vaqt cho‘zilishi-chi? Bularning barchasi uchun esa 6 daqiqa... Qiziq.

Medallar uchun imkoniyat? Imkoniyat bor. Ammo endi hammasi faqat bizga bog‘liq emas. Bronza o‘zimizga bog‘liq, kumush esa yo‘q. Hammasi qo‘limizda edi. Chempionlik uchun ham kurashda edik. Oxirigacha kurashamiz.

Ratinyoning jarohati? Ha, jiddiydek ko‘rinmoqda. «Nasaf»ga qarshi o‘ynamaydi. Uning tizzasida jarohat bor. Operasiya qilinadimi yoki yo‘q, bilmayman. Buni vaqt ko‘rsatadi», - dedi Vadim Karlenovich o‘yindan keyin.

Usmon Ibodov yozib oldi.

Manba: fcdinamo.uz
Kiritildi: 08:15, 22.11.2025.
O'qildi: 820 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик