Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya 1-1 Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona 1-1 Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Buffon Kyezani terma jamoaga qaytarishga harakat qilmoqda

Buffon Kyezani terma jamoaga qaytarishga harakat qilmoqda

Baho:
+ | -

Sobiq darvozabon Janluidji Buffon 2023 yildan buyon Italiya terma jamoasi delegasiyasi rahbari lavozimida ishlab kelmoqda. Hozirda faxriy "Liverpul"ning 28 yoshli hujumchisi Federiko Kyezani terma jamoaga qaytarishga harakat qilmoqda.

Avvalroq, Kyeza bir necha bor Italiya terma jamoasiga chaqiruvni rad etgan, forvard yangi bosh murabbiy Jennaro Gattuzo qo‘l ostida biror marta terma jamoada o‘ynamagan. Buffonning aytishicha, Italiya Kyezani kutmoqda, terma jamoa barcha eng yaxshi futbolchilarni yig‘ishi kerak.

JCH yo‘llanmasi uchun o‘tish o‘yinida Italiya 2026 yilning mart oyida Shimoliy Irlandiyaga qarshi maydonga tushadi. Muvaffaqiyat qozonilsa, Uels - Bosniya va Gersegovina juftligi g‘olibi bilan uchrashuv hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘ladi.

Kiritildi: 15:16, 22.11.2025.
O'qildi: 791 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик