"Parma" 38 yoshli darvozabon Visente Guaita bilan shartnoma imzoladi. Kelishuv 2026 yil 30 iyunga qadar mo‘ljallangan.
Avvalroq jamoaning asosiy darvozaboni Zion Sudzuki qo‘lini sindirib olgan edi va u 3-4 oyni o‘tkazib yuboradi.
Guaita so‘nggi ikki mavsumni "Selta"da o‘tkazdi. Faoliyati davomida u "Kristal Pelas," "Valensiya" va "Xetafe" klublarida ham o‘ynagan.













