"Barselona" markaziy yarim himoyachisi Pedri mushaklaridagi jarohatini davolashda davom etmoqda. U "Chelsi"ga qarshi 25 noyabr kungi uchrashuvni o‘tkazib yuboradi.
Xavi Migelning xabar berishicha, 22 yoshli ispaniyalik futbolchining sog‘lig‘i bilan hech qanday tavakkal qilinmaydi. U "Alaves"ga qarshi hafta oxiridagi o‘yinda yoki, eng yomoni, "Atletiko"ga qarshi o‘yinda qaytadi.
U bugun jamoa bilan mashg‘ulot o‘tkazmadi va sport zalda alohida shug‘ullandi.
Flik yarim himoya chizig‘ida Pedri o‘rnini Dani Olmo muvaffaqiyatli yopayotganidan xursand.













