Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/03 16:00 Neftchi 3-1 Lokomotiv
20/03 17:00 Nasaf 0-1 Surxon
20/03 18:15 So‘g‘diyona 2-4 Paxtakor
20/03 22:30 Kalyari 0-1 Napoli
21/03 00:45 Jenoa 0-2 Udineze
21/03 01:00 Bornmut 2-2 Man. Yunayted
21/03 01:00 Vilyarreal 3-1 Real Sosyedad
21/03 17:30 Brayton - Liverpul
21/03 18:00 Elche - Malyorka
21/03 19:00 Parma - Cremonese
21/03 20:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
21/03 20:00 Fulhem - Byornli
21/03 20:15 Espanyol - Xetafe
21/03 22:00 Milan - Torino
21/03 22:30 Everton - Chelsi
21/03 22:30 Levante - Real Ovyedo
21/03 22:30 Osasuna - Jirona
22/03 00:45 Yuventus - Sassuolo
22/03 01:00 Lids - Brentford
22/03 01:00 Sevilya - Valensiya
22/03 16:30 Komo - Piza
22/03 17:00 Nyukasl - Sanderlend
22/03 18:00 Barselona - Rayo Valyekano
22/03 19:00 Atalanta - Verona
22/03 19:00 Bolonya - Lasio
22/03 19:15 Aston Villa - Vest Xem
22/03 19:15 Tottenhem - Nottingem Forest
22/03 20:15 Selta - Alaves
22/03 22:00 Roma - Lechche
22/03 22:30 Atletik Bilbao - Betis

"Nasaf"ning OFK Elit Chempionlar Ligasi 5-turdagi raqibi haqida

"Nasaf"ning OFK Elit Chempionlar Ligasi 5-turdagi raqibi haqida

Baho:
+ | -

Bugun "Nasaf" klubi OFK Elit Chempionlar Ligasi musobaqasining 5-turi doirasida Eronning "Traktor" jamoasi bilan kuch sinashadi.

Keling, ushbu jamoa haqida biroz to‘xtalamiz.

"Traktor" jamoasi 55 yillik tarixga ega. Klub 1970 yilda tashkil etilgan.

Jamoaga muxlislar tomonidan "Red wolves" (qizil bo‘rilar) degan laqab berilgan.

"Traktor" o‘z uy uchrashuvlarini Tabriz shahrida joylashgan "Yadegar-e Emam" stadionida o‘tkazadi. Ushbu maydon 80 mingdan ziyod muxlisni o‘z bag‘riga sig‘dira oladi.

Jamoa 2 karra Hazfi kubogi musobaqasida va yana 1 bor mamlakat Superkubogi g‘olibi hisoblanadi. 2024/2025 yilgi mavsum yakunida esa o‘z tarixida birinchi marotaba Eron Gulf-Pro ligasida chempion bo‘ldi.

"Traktor" shu vaqtgacha Osiyo Futbol Konfederasiyasi tomonidan o‘tkazilgan rasmiy musobaqalarda 52 ta o‘yin o‘tkazgan. Ulardan 15 tasida g‘alaba, 20 tasida mag‘lubiyat, 17 tasida esa durang natija qayd etilgan.

Jamoani ayni paytda 57 yoshli xorvatiyalik mutaxassis Dragan Skochich boshqarmoqda. U o‘z faoliyati davomida "An-Nasr", "Al-Arabi", "Fulad" kabi Osiyoning nomdor klublarida ishlagan. 2020 yildan 2022 yilgacha Eron terma jamoasiga ustozlik qilgan.

Murabbiy "Traktor" jamoasi bilan o‘tgan mavsum jamoa tarixida birinchi bor mamlakat chempionligini qo‘lga kiritdi. Shuningdek, Eron Superkubogini ham qo‘lga kiritdi.

Jamoa tarkibida ayni paytda Danial Ismaeilfar, Shojai Xalilzoda, Alireza Bayranvand, Amirhusayn Husaynzoda kabi Eron terma jamoasi futbolchilari to‘p tepishmoqda.

Ushbu klub O‘zbekiston milliy terma jamoasi futbolchilari uchun ham begona emas. Ayni vaqtda "Traktor" safida O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Odil Hamrobekov faoliyat olib bormoqda.

Eslatib o‘tamiz, OFK Elit Chempionlar Ligasi 5-turidan o‘rin olgan "Nasaf" – "Traktor" uchrashuvi 24 noyabr kuni soat 18:45 da start oladi.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 12:58, 24.11.2025.
O'qildi: 732 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик