Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/04 18:00 So‘g‘diyona - Qo‘qon-1912
02/04 19:00 Bunyodkor - Lokomotiv

"Everton"ning "qovun tushirgan" futbolchisi uzr so‘radi

"Everton"ning "qovun tushirgan" futbolchisi uzr so‘radi

Baho:
+ | -

"Everton" yarim himoyachisi Idrissa Geye Angliya chempionati 12-turidan o‘rin olgan "Manchester Yunayted"ga (1:0) qarshi safar o‘yinida qizil kartochka olganidan so‘ng uzr so‘radi.

36 yoshli senegallik futbolchi jamoadoshi Maykl Kin, shuningdek, boshqa futbolchilar, murabbiylar shtabi, muxlislar va klubdan uzr so‘radi. U o‘z reaksiyasi uchun javobgarlikni to‘liq o‘z zimmasiga olishini aytdi.

"Bo‘lgan voqealar mening asl fazilatlarim va tamoyillarimni aks ettirmaydi. His-tuyg‘ular ba’zan ustun keladi, lekin hech narsa bunday xatti-harakatni oqlamaydi. Bu hech qachon takrorlanmasligi uchun hamma narsani qilaman," - deb yozdi futbolchi ijtimoiy tarmoqda.

Geye "Manchester Yunayted"ga qarshi o‘yinning 13-daqiqasida himoyachi Maykl Kin bilan ziddiyatdan so‘ng maydondan chetlatildi. U o‘z sherigining yuziga tarsaki tushirdi.

Kiritildi: 08:56, 25.11.2025.
O'qildi: 1246 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик