Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya 1-1 Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona 1-1 Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

"Kristal Pelas" Gexiga o‘rinbosar tanladi

"Kristal Pelas" Gexiga o‘rinbosar tanladi

Baho:
+ | -

"Kristal Pelas" markaziy himoyachi Mark Gexi o‘rnini kim bilan to‘ldirmoqchi ekanligi ma’lum bo‘ldi. Futbolchi qish yoki yozda poytaxt klubini tark etishi kutilmoqda.

Jurnalist Sasha Tavolyerining ma’lum qilishicha, Gexi "Kristal Pelas"ni tark etsa, "burgutlar" darhol "Sporting" himoyachisi Usmon Diomande transferi ustida ish boshlaydi. U o‘tgan yozdan beri ingliz klubi ro‘yxatida bor. Futbolchining o‘zi Premyer-ligaga ko‘chib o‘tish uchun ochiq.

Joriy mavsumda 21 yoshli Diomande barcha turnirlarni qo‘shib hisoblaganda sakkizta uchrashuvda ishtirok etdi va uchta sariq kartochka oldi.

Diomandaning "Sporting" bilan shartnomasi 2027 yilgacha mo‘ljallangan. Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, futbolchining narxi 45 million yevroni tashkil etadi.

Kiritildi: 12:37, 25.11.2025.
O'qildi: 685 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик