Joze Mourinyo boshchiligidagi "Benfika" Chempionlar ligasi umumiy bosqichidagi ilk g‘alabasini qo‘lga kiritdi.
Lissabon klubi musobaqa umumiy bosqichining 5-turida "Ayaks"ni 2:0 hisobida mag‘lub etdi. Bu portugallarning joriy ECHLdagi ilk ochkolari bo‘ldi - bungacha ular 4 marta mag‘lubiyatga uchragandi. Mourinyo tayinlanishidan oldin "Benfika" Brunu Laje qo‘l ostida umumiy bosqichda bitta o‘yin o‘tkazgan.
"Ayaks" - Chempionlar Ligasining joriy mavsumida birorta ham ochko to‘play olmagan yagona klub. Niderlandiyaliklar 5 o‘yinda umumiy 1:16 hisobida yutqazdi.













