Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/04 00:00 Jirona 1-0 Vilyarreal
07/04 17:00 Lokomotiv 1-1 Xorazm
07/04 18:00 Mash’al 0-1 Bunyodkor
07/04 19:15 Andijon 0-1 Navbahor
07/04 23:59 Real Madrid 1-2 Bavariya
07/04 23:59 Sporting 0-1 Arsenal
08/04 18:00 Qo‘qon-1912 - Nasaf
08/04 19:00 OKMK - Surxon
08/04 20:15 Dinamo - So‘g‘diyona
08/04 23:59 Barselona - Atletiko
08/04 23:59 PSJ - Liverpul
09/04 19:00 Neftchi - Paxtakor
09/04 19:00 Buxoro - Qizilqum

Saidazamat Mirsaidov "Paxtakor"ga qarshi o‘yindan oldin o‘z fikrlarini bildirdi

Saidazamat Mirsaidov "Paxtakor"ga qarshi o‘yindan oldin o‘z fikrlarini bildirdi

Baho:
+ | -

O‘zbekiston Superligasining so‘nggi, 30-turidan o‘rin olgan "Navbahor" – "Paxtakor" jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv arafasida "lochinlar"ning 24 yoshli mahoratli himoyachisi Saidazamat Mirsaidov bo‘lajak o‘yin haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

- Jamoamiz joriy mavsumning oxirgi bahsini "Paxtakor"ga qarshi o‘tkazadi. Mazkur klublar prinsipial raqib bo‘lganligi bois, turnir jadvalida qaysi o‘rinda bo‘lishidan qat’iy nazar, ushbu jamoalar o‘rtasidagi o‘yinlar doimo shiddatli va keskin kurashlar ostida kechgan hamda bu safargi bahs ham bundan mustasno bo‘lmaydi, albatta.

Bundan tashqari, toshkentliklarda kumush medalni qo‘lga kiritish imkoniyati saqlanib qolganligi uchun ham bo‘lajak uchrashuvning tomoshabop kechishi ehtimoli yuqori.

Biz ham mazkur o‘yinda maydonga o‘zgacha ruh va ishtiyoqda tushib, g‘alaba qozonib, muxlislarga quvonch ulashish, joriy mavsumning so‘nggi bahsini ijobiy tarzda yakunlashga harakat qilamiz hamda buni amalga oshirish uchun barcha imkoniyatimizni ishga solamiz.

Ishqibozlardan esa jamoamizni bevosita stadionda munosib tarzda qo‘llab-quvvatlab, g‘alabamizga madadkor bo‘lishlarini so‘rab qolaman.

Fursatdan foydalanib, joriy mavsumda jamoamizga barcha sharoitlarni yaratib bergan Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Shokirjanovich Abdurazzoqov va "Navbahor" klubi rahbariyatiga futbolchilar nomidan o‘z minnatdorchiligimni bildiraman, - dedi Saidazamat Mirsaidov.

Manba: "Навбаҳор" матбуот хизмати
Kiritildi: 11:37, 27.11.2025.
O'qildi: 911 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик